Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 


153 
Rutil – TiO
2
Nomi lotincha rutilyus – qizg‘ish degan so‘zdan kelib chiqqan.
Kimyoviy tarkibi: Ti – 60%, O – 40%. Aralashma sifatida Nb, Ta, Fe ba’zan 
Cr va V bo‘lishi mumkin. Rutilni tarkibida 11% Fe bo‘lgan xili nigrin deyiladi. 
Singoniyasi tetragonal, simmetriya ko‘rinishi ditetragonal – dipiramidal - 
L
4
4L
2
5PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=4,58; c
0
=2,95; a
0
:c
0
=1:0,644.
Rutil kristallarining qiyofasi prizmatik, ustunsimondan ignasimongacha. 
Tirsaksimon qo‘shaloq kristallari ko‘p uchraydi. Ignasimon rutilning to‘rga 
o‘xshab o‘sgan qo‘shaloq kristallari sagenit deb ataladi.
Rutilni rangi to‘q sariq, qo‘ng‘ir, qizil, qora. Chizig‘i rangsizdan qo‘ng‘ir 
sariqqacha. Yaltirashi olmosdan metallgacha. Sinishi chig‘anoqsimondan 
tekisgacha. Qattiqligi 6. Solishtirma og‘irligi 4,2 – 4,3. Ulanish tekisligi (110) 
bo‘yicha mukammal. Optik xususiyatlari: bir o‘qli musbat Ng – 2,903 Nm – 2,616 
Ng – Nm = 0,287. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida rutil qizil yoki 
qo‘ng‘ir – qizil.
Rutilni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallarini qiyofasi, tirsaksimon 
qo‘shaloq kristallari xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,242; 
2,488; 1,689. Dahandam alangasida erimaydi va o‘zgarmaydi. Kislotalarda 
erimaydi.
Rutil asosan postmagmatik mineral hisoblanadi. U intruziv tog‘ jinslarda, 
kristallangan slanetslarda, gidrotermal rudali tomirlarda uchraydi. Cho‘kindi tog‘ 
jinslarida rutil sochilma mineral sifatida ma’lum. Yirik konlari Amerikada 
(shimoliy Karolina koni), Shveysariyada (Al’p tomirlari), Markaziy Qozog‘istonda 
(Semiz - bug‘u), Uralda (Miass yaqinida) ma’lum. O‘zbekistonda rutil ko‘p 
tarqalgan minerallardan biri hisoblanadi. U Chotqol, Qurama tog‘larida, Hisorda, 
Markaziy Qizilqumda va boshqa joylarda uchragan.
Po‘latni chidamli ba’zi bir xillarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan 
ferrotitan eritishda, keramikada - qo‘ng‘ir buyoq sifatida, radiotexnikada – detektor 
sifatida,titan belilasi tayyorlashda va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling