Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
152 Xrizoberill – BeAl 2 O 4 Mineral nomi grekcha «xrizos» - oltin, «berilos» - berill so‘zlaridan kelib chiqqan. Kimyoviy tarkibi: Be – 7,1%; Al – 42,5%; O – 50,41%. Aralashma sifatida Fe 2 O 3 , TiO 2 , Cr 2 O 3 bo‘lishi mumkin. Xrom aralashgan xili aleksandrit deyiladi. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombodipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,47; b 0 =9,39; c 0 =4,24; a 0 :b 0 :c 0 =0,583:1:0,471. Xrizoberill kristallari granitlar va slyudali slanetslarda hamda druza shaklida bo‘shliqlarda uchraydi. Kristallari qalin tabletkasimon bo‘lib, ba’zan qisqa prizmatik qiyofaga ega. Qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Xrizoberilni rangi yashilroq sariq, ba’zan rangsiz. Xromli xili aleksandrit zumrad yashil bo‘lib, elektr nurida binafsha-qizil. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi (110) bo‘yicha mukammal, (010) va (001) bo‘yicha mukammal emas. Sinishi chig‘anoqsimon. Qattiqligi 8,5. Solishtirma og‘irligi 3,5-3,84. Optik xususiyatlari: ikki bo‘yoqli, musbat; Ng=1,753; Nm=1,747; Np=1,744; Ng- Np=0,009. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida rangsiz yoki kuchsiz sarg‘ish, yashil, qizg‘ish tuslarda bo‘ladi. Aleksandrit uchun pleoxroizm xarakterli bo‘lib, Ng – qizil, Nm – qo‘ng‘ir, Np – yashil bo‘ladi. Xrizoberill uchun diagnostik belgi bo‘lib kristallar qiyofasi va Yuqori darajadagi qattiqligi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,34; 2,08; 1,61. Kislotalarda erimaydi. Faqat KON va KHSO 4 kukuni bilan qo‘shilganda parchalanadi. Dahandam alangasida erimaydi. Xrizoberill pegmatit tomirlarda va kontakt pnevmatolit mahsulotlarda berill, fenakit, flyuorit, apatit va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Konlari Braziliyada (Minas-Jerays),sseylonda, Madagaskarda, Uralda, Amerikada (Golden yaqinida) ma’lum. O‘zbekistonda xrizoberill kam uchraydigan minerallar qatoriga kirib, Chotqol tog‘larida aksessor mineral sifatida kuzatilgan. Yerni yuza qismida barqaror bo‘lib, sochilma konlarga o‘tadi. Aleksandrit chiroyli rangga ega bo‘lganligi uchun zargarlikda qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling