Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Il’menit – FeTiO
3 Birinchi marta Uralning Il’men tog‘ida topilgani uchun Shunday nom berilgan. Sinonimi – titanli temirtosh. Kimyoviy tarkibi: Fe – 36,8%; Ti – 31,6%; O – 31,6%. Izomorf aralashma sifatida Mg va Mn bo‘lishi mumkin. Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi romboedrik – L 3 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,093; c 0 =14,07; a 0 :c 0 =1:2,764. Noto‘g‘ri shaklli xol-xol donalar va kristallar holida uchraydi. Kristallari yo‘g‘on ustunsimon ba’zan plastinkasimon. Romboedr bo‘yicha qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Il’menitni rangi temirdek qora, chizig‘ini rangi qora ba’zan qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish-qo‘ng‘ir. Yaltirashi yarim metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi yo‘q. Sinishi chig‘anoqsimondan yarim chig‘anoqsimongacha. Qattiqligi 5-6. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 4,72. Kuchsiz magnitlik xususiyatiga ega. Optik xususiyatlari: bir o‘qli, manfiy. Nurni kuchli ikkilantirish xususiyatiga ega. 148 Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda kulrang oq, anizotrop, kuchsiz pleoxroik xususiyatga ega. Ko‘p polisintetik qo‘shaloqliklari kuzatiladi. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi past – 18%. Il’menitni aniqlashda xarakterli belgi bo‘lib kristallar qiyofasi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,74; 2,53; 1,720. Qizdirilgan HCl da sekinlik bilan eriydi. Dahandam alangasida oksidlanish alangasida erimaydi, qaytarilish alangasida cheka qismlari biroz eriydi. Sun’iy yo‘l bilan il’menitni TiO 2 ni FeCl 3 bilan qizdirish, hamda 270-300°C temperaturada amorf TiO 2 , Fe metali va biroz qizdirilgan Fe 2 O 3 ni aralashmasini HF orqali o‘tkazib olish mumkin. Il’menit magmatik jarayonlarda, o‘ta asos intruziv jinslarda, aksessor mineral sifatida, mayda kristallar tarzida magma kristallanishini boshlang‘ich bosqichida hosil bo‘ladi. Il’menitni ishqorli tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan pegmatit, pnevmatolit va gidrotermal konlari ham ma’lum. Il’menit bilan bir assotsiatsiyada magnetit, sfen va rutil keladi. Il’menitni yirik konlari Norvegiyada (Ekerzund-Zoggendal’, Kragere, bu erda 6-7 kg li yirik kristallari topilgan), Uralda (Il’men tog‘lari), Fransiyada (Sen-Kristof koni) ma’lum. Il’menit O‘zbekistonda ancha ko‘p uchraydigan minerallardan biri bo‘lib Chotqol, Qurama tog‘larida va G‘arbiy O‘zbekiston konlarida juda ko‘p kuzatilgan. Il’menit yerni yuza qismida barqaror bo‘lib sochilma konlarni ham hosil qiladi. Il’menit titan rudasi olish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Titan TiO 2 shaklida oq bo‘yoq, po‘latni maxsus navlarini olishda ishlatiladi. Titan metali Yuqori temperaturaga va korroziyaga chidamliligi, payvandlash qobiliyatiga ega ekanligi, solishtirma og‘irligining kichikligi sababli aviatsiya sanoatida qimmatbaho xom-ashyo hisoblanadi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling