Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Shpinel’ – MgO·Al
2
O
3
Mineral nomi qanday kelib chiqqanligi noma’lum. Shaffof har xil rangli 
(qizil, pushti, yashil, ko‘k, binafsha va boshqa ranglarda ) xillari asl shpinellar 
deyiladi.


149 
Kimyoviy tarkibi: Mg- 17,1%; Al – 37,91%; O – 44,99%. Odatda Fe
2
O
3

FeO va boshqa aralashmalar bo‘ladi.
Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik - 3L
4
4L
3
6L
2
9PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
= 8,086.
Kristallarining qiyofasi ko‘pincha boshqa jinslar orasida o‘sgan oktaedrik 
kristallar shaklida bo‘ladi.
Rangi juda har xil bo‘lib, rangsiz xillari juda kam uchraydi. Yaltirashi 
shishasimon. Optik jihatdan izotrop. N= 1,718 - 1,75. Qattiqligi 8. Solishtirma 
og‘irligi 3,5 - 3,71. Erish temperaturasi 2150°C. Ulanish tekisligi mukammal emas.
Shpinel’ kristallarini oktaedrik qiyofasi va Yuqori darajadagi qattiqligiga qarab 
ajratish mumkin. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,441; 1,427; 1,053. 
Daxandam alangasida erimaydi. Konsentrik H
2
SO
4
da juda qiyin eriydi.
Asl shpinellar granatlarga juda o‘xshash bo‘lib, ulardan kristallar qiyofasi va 
qattiqligini kattaligi bilan farq qiladi.
Sun’iy yo‘l bilan shpinel’, tarkibida Al
2
O
3
, MgO, FeO xamda Al
2
O
3
, MgO 
yoki FeO bo‘lgan silikatli eritmadan B
2
O
3
ishtirokida olinadi.
Shpinel’ pnevmatolit va gidrotermal sharoitlarda oxaktoshlar bilan kontaktda 
hosil bo‘ladigan tipik kontakt – metasomatik mahsulotdir. Oz miqdorda 
magmaning kristallanishidan yuzaga keladigan mahsulot sifatida magmatik tog‘ 
jinslarda, ba’zan metamorfik tog‘ jinslarda ham uchraydi. Shpinel’ bilan bir 
assotsiyasiyada magnetit, xondrodit, vezuvian, piroksenlar, granatlar, xloritlar va 
boshqalar uchraydi.
Nurash jarayonida barqaror bo‘lganligi uchun sochilma konlarda ham 
uchraydi. O‘zbekistonda Qalmoqir, Angren, Langar, Sulton Uizdog‘, Konsoy va 
boshqa joylarda topilgan. 
Dunyodagi yirik konlarisseylon, Amerika Qo‘shma shtatlari, Birma, Tailand, 
Afg‘onistonda topilgan.
Shaffof chiroyli asl shpinellar zargarlikda qimmatbaho tosh sifatida 
ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling