Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Pirolyuzit – MnO
2
  
Nomi grekcha “piros” - o‘t, olov, “lyuzios” - yo‘qotuvchi degan so‘zlardan 
kelib chiqqan (oyna ishlab chiqarishda, oynani yashil tusini yo‘qotishda 
ishlatiladi). Sinonimi: polianit (aniq kristallangan xillari Shunday nom bilan 
atalgan).
Kimyoviy tarkibi: Mn -63,19%; O – 36,81%. Mayin donador va yashirin 
kristallangan massalari tarkibida mexanik aralashmalar sifatida Fe
2
O
3
; SiO
2
; H
2

bo‘ladi.
Singoniyasi tetragonal. simmetriya ko‘rinishi ditetragonal – dipiramidal L
4
4L
2
5PC. Fazoviy gruppasi: a
0
= 4,38; c
0
= 2,85; a
0
:c
0
= 1: 0,651.
Pirolyuzit kristallari kam uchraydi. Ular ignasimon va nayzasimon 
shakllarda bo‘ladi. Pirolyuzit odatda yaxlit va yashirin kristallangan, ko‘pincha, 
kukun, qurum kabi massalari tarkibida qisman psilomelanning buyraksimon 
agregatlari o‘rnida vujudga kelgan psevdomorfozalari shaklida uchraydi.


160 
Pirolyuzitning rangi qora. Ba’zan metallarga xos ko‘kimtir tusda tovlanadi. 
Chizig‘i qora. Yaltirashi yarim metalsimon. Shaffof emas. Mo‘rt. Ulanish tekisligi 
(110) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 5-6. Solishtirma og‘irligi 4,7–5,0. 
Silliqlangan shliflarda, mikroskop ostida pirolyuzit, oq rangli bo‘lib, ma’lum 
darajada anizatroplik hususiyatiga ayrim paytlarda esa polisintetik ikkilanish 
tuzilishga ega. Qaytarish ko‘rsatkichi o‘rtacha 35% atrofida.
Boshqa minerallardan ajratish uchun diagnostik belgi bo‘lib chizig‘ining 
qoraligi, ulanish tekisligi, mo‘rtligi va kichik qattiqlikka egaligi hisoblanadi. 
Rentgennogramma-dagi asosiy chiziqlari 3,118; 2,404; 1,622. Daxandam 
alangasida erimaydi. Tarkibidagi kislorodning bir qismini (og‘irligining 12% 
gacha) ajratib chiqarib, past tartibli oksidga aylanadi va qo‘ng‘ir tusga kiradi. 
500°C gacha qizdirganda o‘zgarmaydi, 550° – 650°C orasida dissotsiyalanish 
jarayoni ro‘y beradi va braunit hosil bo‘ladi (Mn
2
O
3
ni kubik modifikatsiyasi), 
bundan so‘ng 940° – 1100°C gacha qizdirilsa, Yuqori temperaturada barqaror 
bo‘lgan gausmanitga (Mn
3
O
4
) aylanadi. HCl da eriydi va Cl ajralib chiqadi.
Pirolyuzit sun’iy yo‘l bilan (MnNO
3
)
2
ni 154°C da, past bosim ostida 
parchalanishi natijasida, hamda marga-nets tuzlarini KClO
3
, HNO
3
va boshqa 
oksidlantiruvchilar bilan oksidlanishi natijasida olinadi.
Pirolyuzit konlari asosan ekzogen sharoitlarda yuzaga keladi. Sanoatbop 
ahamiyatga ega bo‘lgan cho‘kindi konlarda pirolyuzit boshqa marganets 
minerallari, temir oksidlari va gidroksidlari (gausmanit, manganit, braunit, 
psilomelan, qo‘ng‘ir temirtoshlar) bilan bir assotsiyasiyada uchraydi. Uncha boy 
bo‘lmagan marganetsni birlamchi rudalarni oksidlanish zonasida marganets 
shlyapalarini hosil qiluvchi nurash konlari ham uchraydi. Oksid-lantiruvchi muxit 
mavjud bo‘lgan sharoitlarda, nisbatan kam miqdorda gidrotermal jarayonlarda 
hosil bo‘lgan pirolyuzit konlari ham uchraydi.
Yer yuzida pirolyuzit marganetsni eng yuqori oksidi sifatida barqaror 
minerallardan biri hisoblanadi, Shuning uchun oksidlanish zonasida marganetsni 
hamma minerallari pirolyuzitga aylanadi. Shuning uchun pirolyuzitni marganets 
minerallari, kal’sit, rodoxrozit va dolomit 
o‘rnida yuzaga kelgan 


161 
psevdomorfozalari ma’lum. Pirolyuzitning yirik konlari Zakavkaz’eda (Chiatura), 
Ukrainada (Nikopol’), Hindistonda (Balagat, Nagpur, Bandar), G‘arbiy Afrikada 
(Oltin qirg‘oq), Chexoslavakiyada (Platten) ma’lum. Pirolyuzit O‘zbekistonda 
Zarafshon – Hisor tog‘ tizmalarida, Pskem tog‘larida, Sulton - Uizdog‘da, Qurama 
tog‘larida uchraydi.
Pirolyuzit eng muxim marganets rudasidir. U quruq elektr batareyalari ishlab 
chiqarishda, oyna sanoatida oynani yashil rangini yo‘qotishda, kimyoviy 
preparatlar tayyorlashda, meditsinada, ferromarganets olishda va boshqa sohalarda 
ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling