Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Anataz – TiO
2
  
Nomi grekcha «anatasis» - cho‘ziq degan so‘zdan kelib chiqqan. Kimyoviy 
tarkibi: Ti – 60%; O – 40%. Singoniyasi tetragonal, simmetriya ko‘rinishi 


155 
ditetragonal-dipiramidal – L
4
4L
2
5PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=3,73; c
0
=9,37; 
a
0
:c
0
=1:2,512.
Anataz uchun dipiramidal (o‘tkir burchakli dipiramidalar), hamda tonakoidal 
qiyofa xarakterlidir. Anataz asosan kristallar tarzida uchraydi. Prizma shaklidagi va 
taxtasimon kristallarni ham uchraydi.
Rangi qo‘ng‘ir, jigarrang qora. Chizig‘i rangsiz. Yaltirashi olmossimon. 
Yupqa qavati shaffof. Sinishi chig‘anoqsimondan tekisgacha. Qattiqligi 5-6. 
Solishtirma og‘irligi 3,9. Ulanish tekisligi (001) va (111) bo‘yicha mukammal. 
Optik xususiyatlari: bir o‘qli, manfiy; Nm=2,55; Np=2,49; Ng-Np=0,06. 
Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida anataz jigarrang, sarg‘ish jigarrang
yashilroq va ko‘k.
Anatazni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib dipiramidal kristallarini o‘tkir 
burchakli qiyofasi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,22; 
2,45; 1,681. Dahandam alangasida erimaydi. Anatazni 915°C ga qizdirganda 
rutilga aylanadi.
Anataz asosan intruziv tog‘ jinslarda va kristallangan slanetslarda uchraydi. 
Pegmatit tarkibiga va tomirlariga kirib pnevmatolit jarayonlarda ham uchraydi.
Yerni yuza qismida anataz intruziv tog‘ jinslarini tarkibida titan bo‘lgan 
minerallarini nurashidan hosil bo‘ladi. Gidrotermal va sochilma konlari ko‘proq 
amaliy ahamiyatga ega. Yerni yuza qismida barqaror bo‘lib sochilma konlarga 
o‘tadi.
Konlari Qozog‘istonda, Amerikada, Shveysariyada, Braziliyada, Uralda 
ma’lum. O‘zbekistonda anataz ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kirib, juda 
ko‘p kuzatilgan va o‘rganilgan, lekin miqdor jihatidan juda oz uchraydi.
Amaliy ahamiyati rutilniki kabi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling