Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Kassiterit – SnO
2
  
Nomi grekcha «kassiteros» - qalay degan so‘zdan olingan. Sinonimi qalayli 
tosh. Kimyoviy tarkibi: Sn – 78,76%; O – 21,24%. Odatda aralashma sifatida 
Fe
2
O
3
, Ta
2
O
5
, Nb
2
O
5
, TiO
2
va boshqalar bo‘lishi mumkin. Singoniyasi tetragonal, 


156 
simmetriya ko‘rinishi ditetragonal – dipiramidal – L
4
4L
2
5PC. Fazoviy gruppasi: 
a
0
=4,72; c
0
=3,17; a
0
:c
0
=1:0,672.
Kassiterit ko‘p hollarda yaxshi kristallar hosil qilgan minerallar qatoriga 
kiradi. Uning kristallari odatda juda mayda bo‘lib, ba’zi hollarda kattaroq ham 
bo‘lishi mumkin (uzunligi 10 sm gacha va og‘irligi bir necha kilogramm bo‘lgan 
kristallari ma’lum). Kassiterit kristallarini qiyofasi odatda dipiramidal va 
dipiramidal – prizmatik. Ustunsimon va ignasimon hamda qo‘shaloq kristallari 
ham uchraydi. «Yog‘och kassiterit» deb nom olgan xili kolloid massalarga xos 
konsentrik-zonal yo‘l-yo‘l tuzilishga ega bo‘lib, tuguncha va oqiqlar shaklida 
uchraydi. Kassiteritni nordenshel’dit (CaSn[BO
3
]
2
) va kvars (SiO
2
) bilan parallel 
o‘simtalari ma’lum.
Kassiteritni rangi odatda sarg‘ish yoki qizg‘ish jigarrangdan jigarrang-
qoragacha ba’zan qizil, sariq, kulrang va oq, ayrim hollarda rangsiz ham bo‘lishi 
mumkin. Chizig‘i qo‘ng‘ir. Yaltirashi olmossimon va yog‘langandek. Kristallarida 
zonal tuzilishini kuzatish mumkin. Kassiterit rangini turli bo‘lishi ularni tarkibiga 
aralashma sifatida kiruvchi xromofor elementlarga bog‘liqdir. Nb, Ta, Fe va Mn 
kassiteritga qoramtir rang beradi, W esa sarg‘ish rang beradi. Mineralni sinishi 
ko‘pincha chig‘anoqsimon. Ulanish tekisligi mukammal emas. Qattiqligi 6-7. 
Solishtirma og‘irligi 6,8-7. Optik konstantalari: Ng-2,09; Np-1,99; Ng-
Np=0,10. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida kassiterit jigarrang –qizil, 
sariq, yashil ba’zan rangsiz. Silliqlangan shliflarda och kulrang bo‘lib, kuchli 
anizotrop va kuchsiz pleoxroizm xususiyatiga ega. Yupqa plastinkasimon 
qo‘shaloq tuzilishi kuzatiladi. Qaytarish ko‘rsatkichi kichik – 10% atrofida.
Kassiteritni ajratishda diagnostik belgi bo‘lib, kristallar formasi, qo‘shaloq 
kristallari 
va 
Yuqori 
darajadagi 
solishtirma 
og‘irligi 
hisoblanadi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 1,758; 1,213; 1,079.
Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida erimaydi, lekin uch hajm soda 
qo‘shib, ko‘mir ustida tez dam berilsa, keskin qaytaruvchi alangada mayda 
eziluvchan qalay bilan SnO
2
ning oq gardlari hosil bo‘ladi.


157 
Kassiterit konlari genetik jihatdan nordon magmatik tog‘ jinslari bilan 
bog‘liq. Ular pegmatitlarda (20.4-rasm) hamda pnevmatolit va gidrotermal 
tomirlarda uchraydi. Pegmatit va pnevmatolit konlardagi kassiterit o‘zining 
qoramtir rangi, qisqa prizmatik deyarli dipiramidal qiyofada ko‘rinishi bilan 
gidrotermal konlardagi kassiterit esa qo‘ng‘ir rangi va uzun prizmatik qiyofasi 
bilan xarakterlanadi. Pegmatitlardagi kassiterit ko‘p hollarda sochilgan holda 
uchraydi. Pnevmatolitlardagi kassiterit bilan bir assotsiatsiyada molibdenit, 
vol’framit, arsenopirit uchraydi. Rudasiz minerallardan kvarsdan tashqari turmalin, 
berill, flyuorit va boshqa minerallar uchraydi. Kassiteritni gidrotermal konlari 
sanoatda ancha muhim ahamiyatga ega. Ulardan eng muhimlari kvars – kassiteritli 
va sul’fid – kassiteritli konlardir. Sul’fidli konlarda kassiterit bilan bir 
assotsiatsiyada arsenopirit, pirit, pirrotin, vismutin, xal’kopirit uchraydi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling