Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Xromit – FeCr
2
O
4
  
Nomi tarkibidagi xrom elementiga qarab qo‘yilgan.
Kimyoviy tarkibi: Fe – 24,95%; Cr – 46,46%; O – 28,59%. Izomorf 
aralashma sifatida Mg, Al bo‘lib bular ishtirokida quyidagi minerallar ma’lum: 1) 
magnezioxromit – (Mg,Fe)Cr
2
O
4
; 2) alyumoxromit – Fe (Cr,Al)
2
O
4
; 3) xrompikotit 
– (Mg,Fe)(Cr,Al)
2
O
4
. Bu minerallar xusuiyatlari bilan bir-biriga juda yaqin 
bo‘lganligi sababli xromshpinelidlar deb ataladigan gruppani tashkil qiladi.
Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L
4
4L
3
6L
2
9PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=8,305.
Yaxlit donador agregatlar, hamda shakli to‘g‘ri bo‘lmagan yumaloq donalar 
holida uchraydi. Kristallari kam uchrab oktaedrik qiyofaga ega bo‘ladi.
Xromitni rangi qora, chizig‘ini rangi qo‘ng‘ir. Yaltirashi metallga o‘xshash. 
Ulanish tekisligi yo‘q. FeO va Fe
2
O
3
ko‘p bo‘lgan va Cr
2
O
3
kam bo‘lgan xillari 
kuchli magnitlik xususiyatiga ega. Qattiqligi 5,5-7,5.
Solishtirma og‘irligi 4-4,8. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida rangi 
jigarrangdan qoramtir jigarranggacha N=2,07-2,16. Silliqlangan shliflarda kulrang-
oq bo‘lib, jigarrang va jigarrang qizil ichki reflekslariga ega. Nurni qaytarish 
ko‘rsatkichi kichik – 12%.


172 
Xromitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib qora rangi, chizig‘ini 
qo‘ng‘irligi, qattiqligini Yuqoriligi, xrom reaksiyasi va o‘ta asos jinslar bilan 
bog‘liqligi xizmat qiladi. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida erimaydi.
Sun’iy yo‘l bilan xromitni Cr
2
O
3
va Al
2
O
3
ko‘p bo‘lmagan peridotit tarkibli 
silikatli eritmalarni kristalizatsiyalash, hamda Cr
2
O
3
, FeCl
2
ni kriolitli (Na
3
AlF
6

tigelda kuchli qizdirish yo‘li bilan olish mumkin.
Xromitlar xol-xol donalar va yaxlit uyumlar holida o‘ta asos jinslar bilan 
bog‘liq bo‘lgan magmatik jarayonlarda hosil bo‘ladi. Xromitlar bilan bir 
assotsiatsiyada serpentin, olivin, xloritlar, granatlar, vezuvian, piroksen, tal’k, 
platina uchraydi. Konlari Afrikada (Shimoliy Rodeziya), Yangi Kaledoniyada, 
Uralda (Saranovsk, Kempirsoy) ma’lum. Xromitlar O‘zbekistonda Qizilqumda 
(Tomdi, Kokpotas). Molguzar tog‘larida, Shimoliy Nurotada, Janubiy Farg‘onada 
kuzatilgan.
Xromitlar yerni yuza qismida barqaror bo‘lib sochilma konlarda to‘planadi.
Xromit rudalari ferroxrom eritiladigan birdan-bir manbadir. Ferroxrom Yuqori 
sifatli po‘latni maxsus navlarini olishda, metall sanoatida xromlashda ya’ni har xil 
metall buyumlarni korroziyaga qarshi xrom bilan qoplashda katta ahamiyatga ega. 
Bundan tashqari ximiya sanoatida aynamaydigan har xil bo‘yoqlar tayyorlashda 
ko‘nchilikda, kimyoviy prepararatlar tayyorlashda ishlatiladi. Sifati past xillari 
o‘tga chidamli g‘ishtlar tayyorlashda ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling