Kristallografiya va mineralogiya


  Byomit AlO(OH) yoki Al


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 


175 
Byomit AlO(OH) yoki Al
2
O
3
·H
2
 
Bu mineralni birinchi bo‘lib ochgan nemis ximigi I.Bem sharafiga Shunday 
nom bilan atalgan.
Kimyoviy tarkibi: Al – 44,97%; O – 53,34%; N – 1,69%. Aralashma sifatida 
SiO
2
, Fe
2
O
3
, Ga
2
O
3
bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombodipiramidal - 3L
2
3PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=3,78; b
0
=11,8; c
0
=2,85; a
0
:b
0
:c
0
=0,320:1:0,242.
Boksitlar orasidagi darz va bo‘shliqlarda, Shunga o‘xshash nefelinning 
parchalanish mahsulotlari orasida mayda plastinkasimon yoki yasmiqsimon 
kristallar holida uchraydi. Ko‘pincha yashirin kristallangan massalar yoki 
kollomorf mahsulotlar tarzida tarqalgan.
Byomitni rangi och sariq. Ulanish tekisligi (010) bo‘yicha mukammal. 
Qattiqligi 3,5-4. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 3,019. Optik xususiyatlari: N=1,640-
1,645
Byomitni aniq bilish uchun rentgenogrammadagi chiziqlaridan foydalanish 
kerak. Rentgenogrammadagi chiziqlari: 2,344; 1,849; 1,306. Kislotalarda erimaydi. 
Dahandam alangasida erimaydi, yopiq trubkada suv ajralib chiqadi.
Byomit ekzogen jarayonlarda hosil bo‘lib, boksitlar tarkibiga kiradi. 
Gidrotermal mahsulot sifatida pegmatitlarda nefelin vasseolitlar bilan ham bir 
asotsiatsiyada uchrashi mumkin. Boksitlarda gidrargillit va xloritlar bilan birga 
uchraydi. Byomitni uyumlari Fransiyada, Uralda ma’lum. Byomit O‘zbekistonda 
juda kam uchraydigan minerallardan biri bo‘lib, Qizilqum, Hisor tog‘lari, 
Zarafshon tog‘lari boksitlarida kuzatilgan.
Byomit alyuminiy rudasi olish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling