Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Lepidokrokit – FeO(OH)  
Nomi grekcha «lepidos» - plastinka, «krokos» - shafran degan ma’noni 
bildiradi. Sinonimi: yoqut slyudka. Kimyoviy tarkibi: Fe – 62,85%; O – 36,01%; H 
– 1,14%. Aralashma sifatida Mn bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik, simmetriya 
ko‘rinishi rombodipiramidal – 3L
2
3PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=3,87; b
0
=12,51; 
c
0
=3,06; a
0
:b
0
:c
0
=0,309:1:0,245.


176 
Lepidokrokit yupqa qavatsimon yoki tolasimon, ba’zan buyraksimon 
agregatlar holida uchraydi. Kristallari plastinkasimon qiyofaga ega.
Rangi qizildan qizg‘ish-qoragacha. Chizig‘ini rangi sarg‘ish yoki g‘ishtdek 
qizil. Yaltirashi olmossimon. Yupqa shliflarda shaffof. Ulanish tekisligi (010) 
bo‘yicha o‘ta mukammal, (001) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 4. Solishtirma 
og‘irligi 4,09-4,1. 
Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, manfiy: Ng=2.51; Nm=2,20; Np=1,94; 
2v=83°. Mikroskop ostida o‘tgan yorug‘lik nurida qizg‘ish, sarg‘ish-qizil, kuchli 
pleoxroik. Silliqlangan shliflarda kulrang-oq, kuchli anizotrop va pleoxroik. Nurni 
qaytarish ko‘rsatkichi kichik – 17% atrofida.
Lepidokrokitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib kristallar formasi
chizig‘ini rangi va kichik solishtirma og‘irligi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi 
asosiy chiziqlari: 3,292; 2,471; 1,937. HCl da eriydi. Dahandam alangasida 
erimaydi. Yuqori temperaturada qora tusga kirib, magnitlanib qoladi. Yopiq 
trubkada suv ajralib chiqadi.
Laboratoriya sharoitlarida lepidokrokitni yangi tayyorlangan Fe
2
O
3
, Fe
2
S
3
va 
FeS dan olish mumkin.
Lepidokrokit 
ekzogen 
sharoitlarda, 
qo‘ng‘ir temirtoshli konlarda
qavatsimon agregatlar hosil qilib yuzaga keladi. Gidrotermal jarayonlarda hosil 
bo‘lgan lepidokrokit plastinkasimon kristallar tarzida uchraydi. Lepidokrokit 
konlari Germaniyada (Zigen), Sharqiy Sibirda (Angar-Ilimsk rayoni) ma’lum.
Lepidokrokit O‘zbekistonda Chodoq, Takeli, Sharqiy Qoramozordagi mis-
vismutli konda, Qo‘rg‘oshinkonda, Qo‘chbuloqda, Shimoliy Priaralda kuzatilgan. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling