Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21.5-rasm.
Aragonit – SaSO
3 U birinchi marta topilgan joyi Aragoniya (Ispaniya) nomi bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Sa = 40,04%; S = 12%; O = 47,96%. Ko‘pincha aralashma sifatida stronsiy, magniy, temir, rux bo‘lishi mumkin. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo – dipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi a 0 = 4,95; b 0 = 7,96; c 0 = 5,73; a 0 :b 0 :c 0 = 0,622: 1: 0,720. 21.4-rasm. Aragonitning «Gulkaram» strukturasi Agregatlari ko‘pincha nayzasimon, radial shu’lasimon va yulduzcha bo‘lib o‘sgan kristallardan iborat. Shunga o‘xshash kristallangan po‘stloq, oqiq, 188 sharsimon shakllar (21.4-rasm) va oolit bo‘lib tuzilgan massalari ham topiladi. Ba’zan chalkashib ketgan va butoqli «poya» shaklida, rangi oppoq qordek, «temir gullar» bo‘lib uchraydiganlari juda ajoyibdir(21.5, 21.6-rasmlar). 21.5-rasm. Aragonit gullari uglerodli slanetsda. 21.6-rasm. Aragonit 189 Juda ko‘p yumshoq tanlilar chig‘anoqlarining ichki sadaf qismi chig‘anoq yuzasiga parallel bo‘lgan yupqa aragonit qavatlaridan iborat. Ma’lumki, chig‘anoqlar orasiga tushib qolgan qum zarralari va boshqa jismlar organik moddalar bilan aralashgan ana Shunday kal’siy karbon oksidi bilan qoplanadi, buning natijasida marvarid donalari hosil bo‘ladi. Kristallarining qiyofasi prizmatik (ko‘pincha psevdogeksagonal, ignasimon). Uning qo‘shaloq kristallari, psevdogeksagonal qiyofadagi uch qo‘shaloq, to‘rt qo‘shaloq va murakkab polisintetik qo‘shaloq bo‘lgan kristallari ham keng tarqalgan. Aragonitning rangi oq, sarg‘ish oq, ba’zan och yashil, binafsha va kulrang. Ayrim kristallari ko‘pincha shaffof va rangsiz. Yaltirashi shishasimon, singan joylarida yog‘langandek. Ulanish tekisligi yo‘q. Sinishi chig‘anoqsimon. Qattiqligi 3,5 – 4. Solishtirma og‘irligi 2,9 – 3. Katod nurlarida kuchsiz och binafsha, ba’zan qizg‘ish – sariq rangli nur tarqatadi. Oddiy temperaturada aragonit barqaror emas, erituvchilar ishtirokida asta – sekin kal’sitga aylanadi. Temperatura 400°C gacha ko‘tarilganda kal’sitga aylanishi tezlashadi. Optik konstantalari: Ng=1,686; Nm=1,681; Np=1,530; Ng – Np=0,156; 2v=18°. Aragonit uchun diagnostik belgi bo‘lib kristallarining qiyofasi, ya’ni tomonlarida ingichka tarnovchalar bo‘lishi xarakterlidir. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,391; 1,971; 1,738. Kislotalarda juda ko‘p karbon kislotasi ajratib eriydi. Dahandam alangasida kal’sitga o‘xshab o‘zgaradi. Aragonitni sun’iy yo‘l bilan eritmalardan ishqorli metall karbonatlarini kal’siy tuzlari bilan almashinish reaksiyalari natijasida olish mumkin (aragonitni kristallanishi uchun Ba, Sr, Mg, Pb va CaSO 4 tuzlarini bo‘lishi yordam qiladi). Bunda temperatura 30° - 70°C oralig‘ida bo‘lishi kerak, past temperaturada esa kal’sit hosil bo‘ladi. Aragonit issiq va sovuq eritmalardan hosil bo‘lib, magmatik tog‘ jinslarini bo‘shliqlarida va mineral manbalari yotqiziqlarida uchraydi. Temir gullari sul’fid konlarini oksidlanishi zonasida, magnezial karbonatli jinslar orasida uchraydi. Aragonit bilan bir assotsiatsiyada gips,sselestin, siderit, malaxit va turli sul’fidlar uchraydi. Aragonit o‘rnida hosil bo‘lgan kal’sit paramorfozalari ko‘p uchraydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling