Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

·MgCO
3
  
Fransuz mineralogi Deodat Dolom’e (1750-1801) sharafiga Shunday nom 
bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Sa – 21,73%; Mg – 13,18%; S – 13,03%; O – 
52,06%. Izomorf aralashma sifatida Fe, Mn ba’zan Zn, Ni, Co bo‘lishi mumkin. 
Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi romboedrik – L
3
C. Fazoviy gruppasi: 
a
0
=4,822; c
0
=16,11 (Ca:Mg=1:1,1 nisbatda bo‘lgan holda).
Dolomit marmarga o‘xshash kristallangan donador yaxlit massalar, 
ko‘pincha g‘ovaksimon agregatlar hosil qiladi. Kristallari romboedrik qiyofada 
bo‘ladi.
Dolomitning rangi kulrang oq bo‘lib, ba’zan sarg‘ish, qo‘ng‘irroq va 
yashilroq tuslarga ega. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi romboedr bo‘yicha 
(1011) mukammal. Qattiqligi 3,5-4. Solishtirma og‘irligi 2,8-2,9. Optik 
konstantalari: Nm=1,681-1,695; Np=1,500-1,513; Nm-Np=0,180-0,182. Dolomit 
uchun diagnostik belgi bo‘lib, kimyoviy tarkibi va optik xususiyatlari hisoblanadi. 


193 
Rentgeno-grammadagi asosiy chiziqlari: 2,883; 2,191; 1,785. Xlorid kislotada juda 
sekin erib qaynamaydi. Dahandam alangasida erimay, yorilib ketadi. Katod 
nurlarida sarg‘ish-qizil nur sochadi.
Dolomitni sun’iy yo‘l bilan Ca va Mg ni karbonatli eritmasidan, SO
2
atmosfera sharoitida 10 atm. bosimida oddiy temperaturada olish mumkin.
Dolomit, tarkibiga magnezial tuzlar kiruvchi qaynoq eritmalarni 
ohaktoshlarga ta’sir etishi natijasida hamda rudali tomirlarda qaynoq eritmalardan 
cho‘kish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Dolomitni asosiy qismi ekzogen yo‘l bilan ohakli 
jinslarni o‘rnini magnezial tuzlar egallashi bilan quyidagi reaksiya asosida hosil 
bo‘ladi:
2Ca[CO
3
]+MgCl
2
=CaMg[CO
3
]
2
+CaCl
2
Dolomit bilan birgalikda siderit, rodoxrozit, serpentin, tal’k, brusit uchraydi. 
Ko‘pgina hollarda dolomitlar birlamchi cho‘kindi tog‘ jinsi sifatida tuzi ko‘p suvli 
basseynlarda hosil bo‘ladi. Dolomitni konlari Al’pda, Ural tog‘larini G‘arbida, 
Ukrainada (Donbass va L’vov), Moskva oblastida ma’lum.
O‘zbekistonda dolomit ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kirib Chotqol-
Qurama tog‘laridagi konlarda, G‘arbiy va Janubiy O‘zbekistonni konlarida ko‘p 
kuzatilgan.
Dolomit o‘tga chidamli material sifatida, metallurgiyada flyus sifatida
qurilish materiali sifatida, ximiya sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling