Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

21.7-rasm. Aragonit. 
Aragonit no‘xot tosh sifatida Karlovi Varida (Chexoslovakiya) (21.7-rasm) 
mineral buloqlaridan ajralib chiqadi. Aragonit konlari Sitsiliyada, Ukrainada
Uralda, Oltoyda ma’lum. O‘zbekistonda Farg‘ona vodiysining oltingugurtli 
konlarida (Shorsu, Chang‘irtosh) ko‘p uchraydi. Bundan tashqari Chotqol – 
Qurama, Nurota, Turkiston tog‘larida uchraydi.
Chiroyli xillari bezaktosh sifatida ishlatiladi. 
Magnezit – MgCO
3
  
Nomi topilgan joyiga qarab qo‘yilgan (Gretsiyadagi – Magneziya).
Kimyoviy tarkibi: Mg – 28,83%; S – 14,24%; O – 56,93%. Izomorf aralashma 
sifatida Fe, Mn, Ca, bo‘lishi mumkin.
Singoniyasi trigonal. Simmetriya ko‘rinishi ditrigonal-skalenoedrik – 
L
3
3L
2
3PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=4,59; c
0
=14,92.
Yaxlit marmasimon massalar holida va ba’zan romboedrik qiyofadagi 
kristallar tarzida uchraydi. Odatda magnezit ikki xil bo‘ladi: zich amorf va yaxshi 
kristalllangan.


191 
Amorf magnezit qorsimon oq rangdagi farforsimon kolloid massa holida 
uchraydi. Kristallangan magnezit esa tuzilishi jihatidan yirik donador marmarni 
eslatadi; uni tashkil qilgan kristallar doimo cho‘ziq bo‘ladi (21.8-rasm).
Magnezitni rangi oq bo‘lib sarg‘ish yoki kulrang tovlanadi. Yaltirashi 
shishasimon. Ulanish tekisligi romboedr {1011} bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 4-
4,5. Solishtirma og‘irligi 2,9-3,1. Optik konstantalari: Nm=1,700; Np=1,509; Nm-
Np=0,191.
Magnezitni ajratish uchun diagnostik belgi bo‘lib, romboedrik ulanish 
tekisligi, 
kimyoviy 
tarkibi, 
qizdirish 
egri 
chiziqlari 
hisoblanadi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,737; 1,697; 0,912. Kislotalarda 
qizdirilganda eriydi. Dahandam alangasida erimaydi va yorilib ketadi.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling