Kristallografiya va mineralogiya
-rasm. Kal’sitning kristall druzalari. 21.2-rasm
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
21.1-rasm. Kal’sitning kristall druzalari.
21.2-rasm. Kal’sit (Riga) Kal’sit uchun diagnostik belgi bo‘lib, romboedr bo‘yicha ulanish tekisligi, NSl da (CO 2 ajralib chiqadi) oson erishi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,029; 1,869; 1,044. Dahandam alangasida erimaydi va yorilib CO 2 va CaO ga parchalanadi. CaO yaltirab nur sochib alangani qizg‘ish sariq rangga kiritadi. 186 Sun’iy yo‘l bilan kal’sitni, bikarbonatli eritmalarni 30°C dan past temperaturada cho‘ktirish yo‘li bilan olish mumkin. Kal’sitning ko‘p qismi gidrotermal tomirlardagi sul’fidlar bilan birga qaynoq suvlardan, hamda effuziv tog‘ jinslaridagi bodomsimon joylardasseolit, xalsedon, kvars va barit (21.3-rasm) bilan birga hosil bo‘ladi. Ekzogen yo‘l bilan kal’sit tomirlarda, jeodalarda, g‘orlarda cho‘kindi jinslar orasida hosil bo‘ladi. Marmarlar oxaktoshlarni metamorfiklanish jarayonida yuzaga keladi. Kal’sit konlari juda ko‘p. Island shpatini eng yirik konlari Islandiyadagi bazal’tni bo‘shliqlarida (bu erda o‘lchami 600-200 sm bo‘lgan romboedrik kristali topilgan), Sharqiy Sibirda, Qirg‘izistonda, Ukrainada, (Qrimni Qora-Dog‘ rayoni) ma’lum. Bo‘rni yirik qatlamlari, bo‘r davri yotqiziqlarida joylashgan bo‘lib (Yuqori va o‘rta davrlar), ular Belgorod shahri yaqinida, Donbasda, Ternopol oblastida ma’lum. Marmarni yirik konlarni Al’p tog‘larida (nomi ketgan yirik Kararra oq marmar koni), Kareliyada, Uralda, Ukrainada (Donbass va Qrim) ma’lum. Og‘irligi 25 tonnadan ortiq bo‘lgan gigant kristallari Itseberg (Amerikadagi, N’yu – Meksika) konidan olingan. 21.3-rasm. Kal’sitning barit bilan murakkab tuzilishi. 187 Yer yuzida kal’sit barqaror bo‘lmay eriydi va uning o‘rnini boshqa minerallar, kvars, xal’sedon, opal, qo‘ng‘ir temirtoshlar, pirolyuzit, ba’zan turli karbonatlar egallaydi. Kal’sit O‘zbekistonda eng ko‘p uchraydigan minerallar qatoriga kirib, Chotqol – Qurama tog‘larida, G‘arbiy va Janubiy O‘zbekiston konlarida juda ko‘p uchraydi. Kal’sit qurilish materiali sifatida juda katta ahamiyatga ega. Metallurgiya sanoatida flyus sifatida ishlatiladi. Kal’sitning shaffof xillari (islan shpati) polyarizatsion mikroskoplarda ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling