Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
20.16-rasm. Getitning pirit bo‘yicha psevdomorfozasi
Getit uchun agregatlarini konsentrik zonal tuzilishga egaligi, chizig‘ini qo‘ng‘irligi, sarg‘ish qo‘ng‘ir oxra kabi surkalishi xarakterlidir. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 4,18; 2,69; 2,45. HCl da sekin eriydi. Dahandam alangasida eriydi. Uzoq vaqt qizdirilganda kuchli magnetit tortish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi. Shisha naychada suv ajratib chiqaradi, qizaradi va Fe 2 O 3 ga aylanadi. Getit bilan limonit, asosan ekzogen mineral bo‘lib, ko‘pincha tarkibida temiri ko‘p bo‘lgan minerallar: sul’fidlar, karbonatlar, silikatlar va tarkibida ikki valentli temir ishtirok etuvchi boshqa xil minerallarning parchalanishi hamda oksidlanishidan kelib chiqadigan tuzlarning gidrolizlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Juda xilma-xil temir gidrooksidlarining paydo bo‘lishini yer yuzasining hamma joyida ko‘rish mumkin. Qo‘ng‘ir temirtoshning ancha katta massalari sul’fid konlarining oksidlanish zonasida hosil bo‘ladi. Bu erda ular, asosan, limonit, getit, lepidokrokit va boshqa minerallardan tuzilgan bo‘sh, tugun-tugun va zich massalardan iborat bo‘lib, temir shlyapalar deb ataladi. Limonit bilan getit, deyarli doimo, yer yuzasining eng ustki qismida kislorod va suv etarli bo‘lgan sharoitda hosil bo‘ladi. 180 Getit juda kam miqdorda ustunsimon va ignasimon kristallar shaklida, endogen mineral sifatida ham uchraydi. Metamorfizm jarayonlarida getit bilan limonit degidratatsiyalanib gematit va magnetitga aylanadi. Qo‘ng‘ir temirtoshning yirik konlari Lyuksemburgda, Kubada, Uralda, Ukrainada, Chexoslovakiyada ma’lum. O‘zbekistonda ko‘p tarqalgan bo‘lib Chotqol tog‘larida, Uchquloch konida, Qurusoyda va boshqa joylarda kuzatilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan temir rudalari cho‘yan va po‘lat olishda muhim xom- ashyo hisoblanadi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling