Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Kaliyli selitra – KNO

Sinonimi: xind selitrasi.
Kimyoviy tarkibi: K= 38,61%; N= 13,87%; O= 47,52%.
Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo – dipiramidal – 3L
2
3PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
= 5,42; b
0
= 9,17; c
0
= 6,45; a
0
: b
0
: c
0
=0,591: 1: 0,703. Kaliyli 
selitrani kristall strukturasi aragonitga o‘xshash. Natriyli selitraga o‘xshash bo‘sh 
(yopishmagan, zichlanmagan) oq po‘stloq va gullar tarzida topiladi.
Rangi rangsiz va oq. Mexanik aralashmalar hisobiga har xil ranglarda 
bo‘lishi mumkin. Yaltirashi shishasimon. Qattiqligi 2. Mo‘rt. Ulanish tekisligi 
{011} bo‘yicha mukammal. Solishtirma og‘irligi 1,99. Optik hususiyatlari: ikki 
o‘qli, manfiy; Ng= 1,504; Nm= 1,504; Np= 1,332 2v=7°. Rentgenogrammadagi 
asosiy chiziqlari 3,77; 3,33; 2,66. Suvda oson eriydi.
Organik moddalarni chirishi natijasida yuzaga keladi. Gullar va po‘stloqlar 
shaklida bo‘lib, ko‘pincha natriyli selitra topiladigan joylarda keng tarqalgan. 
Farg‘ona vodiysida uchraydi.
Kaliyli o‘g‘it sifatida va porox tayyorlashda ishlatiladi. 
Nazorat savollari: 
1. Korund va xrizoberillning amaliy ahamiyati? 
2. Kvarsga ta’rif bering. 
3. Tog‘ billuri, ametist va morion nima? 
4. Kvars va xalsedonning farqi nimada? 
5. Agat, yashma deb nimaga aytiladi? 
6. Diaspor va gyotitga ta’rif bering. 
7. Magnetit va gematitga ta’rif bering. 
8. Pirolyuzitga amaliy ahamiyati. 


184 
9. Kassiteritning hosil bo‘lishi. 
 
21. Karbonatlar 
Kal’sit – SaSO
3
  
Nomi lotincha «kal’ks» - oxak so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi oxakli 
shpat.
Kimyoviy tarkibi: Sa = 40,04%; S = 12%; O = 47,96%. Aralashma sifatida 
Mg, Fe, Mn ba’azan Zn, Sr bo‘lishi mumkin. Singoniyasi trigonal, simmetriya 
ko‘rinishi ditrigonal’ – skalenoedrik – L
3
3L
2
3PC . Fazoviy grupasi: a
0
= 4,98; c
0

17,02.
Kal’siy odatda donador va yaxlit uyumlar, hamda druzalar (21.1, 21.2-rasm), 
jeodalar holida uchraydi. Kal’sitning ohaktoshlar orasidagi g‘orlarda stalagmit va 
stalaktit shaklida o‘sgan mahsulotlari keng tarqalgan. Turli skalenoedrik
pinakoidal, prizmatik va romboedrik qiyofalarda hosil bo‘lgan kristallari ko‘p 
uchraydi. Kal’sitning bir necha xillari mavjud. Katta zich massa holida 
uchraydigan donador yaxlit agregatlari marmar deyiladi. Kal’sitning zich yashirin 
kristallangan, ba’zan qatlam bo‘lib tuzilgan va faunalarga boy tog‘ jinslari 
oxaktoshlar deyiladi. Tarkibida mayda foraminiferlar chig‘anog‘i bo‘lgan yumshoq 
oxaktoshlar bo‘r nomi bilan ma’lum. Ba’zan issiq buloq suvidan kal’siy karbonat 
cho‘kishi natijasida ajoyib naqshli, ingichka yo‘l - yo‘l, yarim shaffof «marmar 
oniksi» deb ataladigan xili hosil bo‘ladi. Rangsiz shaffof xili – island shpati 
deyiladi. Kal’sitning tolasimon xili – atlas shpati yoki papirshpat deyiladi.
Kal’sitning rangi rangsiz yoki sutdek oq, ba’zan aralashmalar hisobiga turli 
ranglarda bo‘lishi mumkin. Ulanish tekisligi mukammal. Qattiqligi 3. Solishtirma 
og‘irligi 2,6 - 2,8. Optik konstantalari: Nm=1,658; Np= 1,486; Nm- Np=0,172. 
Qisilganda qo‘shaloqlanish bilan birga elektrlanadi. Ayrim konlardan olingan 
namunalarida lyuminessensiya hodisasi ko‘rinadi.


185 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling