Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skorodit – Fe[AsO 4 ]·2H 2 O
Psilomelan – mMnO·MnO
2 ·nH 2 O Formulasi to‘la aniqlanmagan. Nomi grekcha «psilos» - yaltiroq bosh, «melyas» - qora («qora yaltiroq bosh») degan ma’noni bildiradi. Kimyoviy tarkibi o‘zgaruvchan: MnO 2 – 60-80%; MnO – 8-25%; H 2 O–4- 6%. Aralashma sifatida BaO, ishqorlar, ba’zan WO 3 uchraydi. Singoniyasi aniqlanmagan, rombik bo‘lsa kerak. Konsentrik zonal tuzilishga ega bo‘lgan gardsimon agregatlar hosil qiladi. Dendritsimon gardlari ham ma’lum. Rangi qora, ba’zan qo‘ng‘ir-qora. Chizig‘ini rangi qora. Yaltirashi yarim metallsimon. Qattiqligi 4-6 (zich xillarida) bo‘lib, fizik holati va tarkibidagi suvning miqdoriga qarab o‘zgaradi. Mo‘rt. Solishgtirma og‘irligi 4,4-4,7. Psilomilanni faqat kimyoviy analiz yordamida aniqlash mumkin. HCl da erib, Cl ajralib chiqadi. Dahandam alangasida erimaydi. Yopiq trubkada suv bilan kislorod ajraladi. Psilomelan ekzogen yo‘l bilan boshqa marganets minerallari (braunit, gausmanit, marganets silikatlari va karbonatlari) hisobiga yuzaga keladi. Ba’zan ikkilamchi mineral sifatida gidrotermal marganets konlarida ham uchraydi. Psilomelan uchraydigan gigant marganets konlari qatoriga Chiaturi (Gruziya) va Nikopol’ (Ukraina) konlari kiradi. O‘zbekistonda psilomelan Oltintopkan va O‘rta Takelida uchraydi. Nurash jarayonida psilomelan oksidlanib va degidratsiyalanib pirolyuzitga aylanadi. 181 Boshqa marganets minerallari bilan birgalikda psilomelan eng muhim marganets rudasi hisoblanadi. Psilomelanni juda yumshoq, g‘ovak, engil tuproqsimon xili vad deyiladi. Skorodit – Fe[AsO 4 ]·2H 2 O Grekcha «skorodon» - sarimsoq demakdir. Mineralni urganda sarimsoqqa o‘xshash hid chiqaradi, shu sababli Shunday nom bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Fe – 24,2%; As – 32,47%; O – 41,6%; H – 1,73%. Tarkibida ba’zan Al 2 O 3 (7,1% gacha) bo‘lishi mumkin. Bunday xili alyumoskorodit deyiladi. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal – 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =10,28; b 0 =10,00; c 0 =8,90;a 0 :b 0 :c 0 =1,028:1:0,890. Agregatlari tog‘ jinslarda tuproqsimon massalar holida uchraydi. Ba’zan piramidal va prizmatik qiyofada mayda kristallar tarzida uchraydi. Skoroditning rangi oq, yashilroq va qo‘ng‘ir. Ulanish tekisligi mukammal emas. Qattiqligi 3,5. Solishtirma og‘irligi 3,3. Optik xususiyatlari: Ng=1,79-1,81; Nm=1,77-1,79; Np=1,76-1,78; Ng-Np=0,028-0,038. Skoroditni aniqlashda diagnostik belgilardan bo‘lib och yashil rangi va piramidal qiyofaga ega bo‘lgan kristallari hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 5,56; 4,44; 3,16. HCl da oson HNO 3 da qisman eriydi. Dahandam alangasida, alangani havo rang tusga kiritib, sarimsoq hidini chiqarib oson eriydi va kulrang ajoyib magnit massa hosil qiladi. Skorodit rudali konlarni oksidlanish zonasida arsenopirit va lellingit hisobiga yuzaga keladi. Skorodit konlari Avstriyada (Lelling), Sharqiy Zabaykal’eda (Zapokrovskoe), Janubiy Uralda (Kokchar va Jetigaray), Tojikistonda (Takeli) ma’lum. O‘zbekistonda skorodit ko‘pgina konlarda ko‘rsatib o‘tilgan, lekin aniqroq Burchmulla va Takeli konlarida o‘rganilgan. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling