Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Rodoxrozit – MnCO
3
  
Nomi grekcha «rodon» - atirgul, «xros» - rang degan so‘zlardan kelib 
chiqqan. Sinonimi marganets shpati.
Kimyoviy tarkibi; Mn – 47,79%; C – 10,45%; O – 41,76%. Aralashma 
sifatida ko‘pincha Fe, Mg, Ca, ba’zan Zn va Co uchraydi.
Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi ditrigonal’-skalenoedrik – 
L
3
3L
2
3PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=4,73, c
0
=15,51.
To‘g‘ri tuzilgan kristallari juda kam bo‘lib, faqat bo‘shliqlardagina topiladi. 
Agregatlari ko‘pincha donador kristallangan, radial shu’la kabi (21.9-rasm) yoki 


194 
buyraksimon, sharsimon, sferolit tarzida. Nayzasimon agregatlar va tuproqsimon 
massa holida ham uchraydi.
Kristallarining rangi pushti. Tarkibida kal’siy miqdori orta borishi bilan 
rangi oqaradi. Vaqt o‘tishi bilan havoda rangi qorayadi (oksidlanadi). Chizig‘i oq. 
Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi romboedr bo‘yicha (1011) bo‘yicha 
mukammal. Qattiqligi 3,5-4,5. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 3,6-3,7. Optik 
konstantalari: Nm=1,817; Np=1,597; Nm-Np=0,220.
21.9-rasm. Rodoxrozit 
Rodoxrozitning kristallangan massalari romboedr bo‘yicha ulanish 
tekisligiga, pushti rangi va qattiqligiga (pichoq uchi bilan chiziladi) qarab oson 
bilinadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,65; 2,850; 1,762. Kislotalarda 
qizdirganda eriydi. Dahandam alangasida erimaydi.
Sun’iy usulda rodoxrozitni, yopiq naychada 150°-200°C temperaturada 
SaSO
3
ni MnCl
2
va MnSO
4
eritmasida qizdirish yo‘li bilan olish mumkin.
Rodoxrozit asosan cho‘kinda jarayonlarda yuzaga kelib, marganetsni dengiz 
cho‘kindi konlarida uchraydi (Gruziyadagi Chiaturi, Shimoliy Uraldagi 
Polunochnoe konlari). Gidrotermal tomirlardagi konlarda rodoxrozit sul’fidlar 


195 
bilan birga uchraydi (Uraldagi Sanal’sk koni, Sharqiy Karpatdagi Chivchinek 
massivi). O‘zbekistonda Qurama (Lashkerek, Zambarak, Turangli, Oltintopkan), 
Qoratepa (Dautash) tog‘larida topilgan.
Yer yuzida rodoxrozit barqaror bo‘lmay manganit va pirolyuzitga aylanadi. 
U kal’sit, dolomit, alabandin, galenit va baritlarda psedomorfozalar hosil qiladi. 
Rodoxrozitda kvars hosil qilgan psevdomorfozalar ham ma’lum.
Rodoxrozit ferromarganets eritish uchun eng muhim rudalardan biri 
hisoblanadi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling