Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Smitsonit – ZnCO
3 Angliyalik mineralog Jeyms Smitson (1757-1829) sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Zn – 52,1%; S – 9,6%; O – 38,3%. Aralashma sifatida ko‘pincha Fe, Mn, Mg ba’zan Co, Cd, Jn bo‘ladi. Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi ditrigonal-skalenoedrik – L 3 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =4,65; c 0 =14,95. Odatda tuproqsimon yoki zich yashirin kristallangan agregatlar bo‘lib, ko‘pincha oqiq yoki po‘stloqsimon, Shuningdek qobiqsimon, katak-katak va g‘ovak massalar shaklida ham uchraydi. Kristallari juda kam uchrab, ular odatda romboedrik ba’zan skalenoedrik qiyofaga ega bo‘ladi. Smitsonitni rangi oq bo‘lib, yashil, qo‘ng‘ir yoki kulrang tovlanadi. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi romboedr bo‘yicha bo‘lib, faqat kristall agregatlaridagina bilinadi. Qattiqligi 5. Solishtirma og‘irligi 4,1-4,5. Optik konstantalari: Nm=1,849; Np=1,621; Nm-Np=0,228. Katod nurlari ta’sirida kuchsiz pushti rangda yarqiraydi. Smitsonit uchun diagnostik belgi bo‘lib kimyoviy tarkibi va dahandam alangasini ta’siri hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,748; 1,707; 1,076. Kislotalarda qaynab oson eriydi. Dahandam alangasida erimay, yorilib-yorilib ketadi. Ko‘mir ustida oq rangli ZnO gardlari hosil qiladi. Qizdirilgan smitsonitni Co(NO 3 ) 2 eritmasi bilan namlangandan so‘ng, oksidlanish alangasida yana qizdirilganda alanga yashil rangga kiradi. 196 Laboratoriya sharoitlarida smitsonitni CaCO 3 ga ZnCl 2 yoki ZnSO 4 eritmasini ta’sir ettirish reaksiyasi orqali olish mumkin. Smitsonit ohaktoshlar orasida joylashgan rux konlarining oksidlanish zonasida, rux sul’fidini o‘zgarishidan quyidagi reaksiya asosida hosil bo‘ladi: ZnS+2O 2 =ZnSO 4 ZnSO 4 +Ca[CO 3 ]+2H 2 O=Zn[CO 3 ]+Ca[SO 4 ]∙2H 2 O Smitsonitning konlari Amerikani Kolorado shtatida (Ledvill koni), Janubiy Qozog‘istonning Qoratog‘ tog‘larida (Turlan koni), Sharqiy Zabaykal’eda (Nerchinsk rayoni) ma’lum. Smitsonit O‘zbekistonni polimetall konlarida juda ko‘p uchratilgan minerallardan bo‘lib, juda kam o‘rganilgan. U Qurama tog‘larida (Aygirbuloq, Takeli, Sassiqsoy, Gudas, Janubiy Darvoza, Konsoy, Qo‘rg‘oshinkon, Qurusoy, Oltintopkan), Chotqol tog‘larida (Kumushkon, Sariqkon), G‘arbiy O‘zbekiston konlarida (Uchquloch) uchraydi. Smitsonit rudalari katta massalar holida topilsa rux olinadigan qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling