Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
Nazorat savollari: 
1. Kalsit va dolomitni ta’riflang. 
2. Malaxit va azuritni amaliy ahamiyati. 
3. Siderit va viteritning farqi nimada? 
4. Eritrinning amaliy ahamiyati. 
 
22. Sul’fatlar 
Barit – BaSO
4
  
Nomi grekcha «baros» - og‘ir degan so‘zdan kelib chiqqan. Bu mineral katta 
solishtirma og‘irlikka ega bo‘lganligi uchun Shunday nom berilgan. Sinonimi – 
og‘ir shpat.


205 
Kimyoviy tarkibi: Ba – 58,84%; S – 13,74%; O – 27,42%. Aralashma 
sifatida Ca, Sr, Pb, Ra uchraydi. Tarkibida stronsiy ko‘p bo‘lgan xili 
baritotselestin, radiy va qo‘rg‘oshin ko‘pi – xokutolit deyiladi.
Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal – 3L
2
3PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=8,85; b
0
=5,44; c
0
=7,13; a
0
:b
0
:c
0
=1,627:1:1,311.
Barit uchun juda yaxshi kristallangan druzalar xarakterli bo‘lib, ayrimlari 
ba’zan juda katta o‘lchamli bo‘ladi. Barit kristallarini qiyofasi odatda 
tabletkasimon, ustunsimon va prizmatik bo‘lishi mumkin. Agregatlari ko‘proq 
donador, kamdan-kam zich yashirin kristallangan, tuproqsimon bo‘ladi.
Baritni rangi oq yoki kulrang, ba’zan qizg‘ish (22.1-rasm), sarg‘ish, 
qo‘ng‘ir, havorang va yashil bo‘ladi. Rangsiz shaffof kristallari ham uchraydi. 
Yaltirashi shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek. Ulanish tekisligi 
(010) bo‘yicha mukammal, (201) va (001) bo‘yicha o‘rtacha. Qattiqligi 3-3,5. 
Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 4,3-4,5. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat, 
Ng=1,648; Nm=1,637; Np=1,636; Ng-Np=0,012; 2v=37°.
22.1-rasm. Qizil barit (Jijikrut) 
Baritni boshqa minerallardan ajratish uchun diagnostik belgi bo‘lib, 
solishtirma og‘irligini kattaligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy 
chiziqlari: 3,456; 3,058; 2,106. Kukun holidagi barit konsentrlangan sul’fat 


206 
kislotada sekinlik bilan eriydi. Dahandam alangasida yorilib ketadi va sekinlik 
bilan eriydi.
Hosil bo‘lish jihatidan barit tipik gidrotermal mineral hisoblanadi. U rangli 
metall konlarida tomirlar hosil qiladi. Ekzogen jarayonlarda hosil bo‘lgan barit 
ham ma’lum. Baritni sanoatbop konlarini quyidagi asosiy tiplarga ajratish mumkin:
1. Gidrotermal (tomirsimon va metasomatik);
2. Cho‘kindi;
3. Sochilma.
Gidrotermal konlarda barit – galenit, sfalerit, kinovar’, pirit, xal’kopirit, 
kvars, flyuorit, viterit, kal’sit, sof tug‘ma oltin, kumush, mis bilan bir 
assotsiatsiyada keladi. Mineral tarkibiga ko‘ra baritli gidrotermal konlardan 
quyidagilarni ajratish mumkin: 1) baritli polimetall; 2) baritli kolchedan; 3) baritli 
dala shpatlari; 4) baritli monomineral konlar. Baritni yirik gidrotermal konlari 
Gruziyada ma’lum. Baritni cho‘kindi konlari uning konsentratsiyasi hisobiga 
tashqi nurash jarayonlarida yuzaga keladi. Baritni dengiz va ko‘llarni cho‘kindi 
jarayonlari bilan genetik bog‘liq bo‘lgan sanoatbop konlari juda kam. Bularga 
Germaniyadagi va Ukrainadagi konlarni misol qilish mumkin. Baritni sochilmalari 
birlamchi konlarni nurash jarayonida yuzaga keladi. Tomirsimon kolchedan 
yotqiziqlarini nurash jarayonida, temir shlyapalar bilan yopilgan, baritli qumlardan 
tashkil topgan elyuvial yotqiziqlar yuzaga keladi. Bunday baritli qumlar Uralda 
ma’lum.
O‘zbekistonda baritni eng ko‘p uchraydigan joyi Qurama tog‘lari bo‘lib, 
Chotqol tog‘larida va G‘arbiy O‘zbekistonda ham ancha ko‘p uchraydi. Bularga 
nisbatan kamroq miqdorda deyarli hamma joylarda uchraydi.
Barit har xil oq bo‘yoqlar olishda, ximiya sanoatida – bariy tuzlari olishda, 
rezina, qog‘oz sanoatida, burg‘ulash ishlarida skvajina devorlarinissementlashda va 
boshqa sohalarda ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling