Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Malaxit -CuCO
3
·Cu(OH)
2
  
Grekcha «malaxe» - gulxayri demakdir. Shu o‘simlik rangiga o‘xshaganligi 
uchun Shunday nom berilgan bo‘lsa kerak. Kimyoviy tarkibi: Cu=57,5%; C=5,4%; 
N=0,9%; O=36,2%. Aralashma sifatida CaO, Fe
2
O
3
, SiO
2
va boshqalar bo‘lishi 
mumkin. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi – prizmatik – L
2
PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=9,48; b
0
=12,03; c
0
=3,21; β=98°.
Malaxit odatda bo‘shliqlarni va darzliklarni to‘ldirgan yaxlit mayda donador 
agregatlar holida uchraydi. Ba’zan stalaktit, gardlar, qobiq holida ham uchraydi. 
Malaxit uchun yirik buyraksimon holda hosil bo‘lgan agregatlar xarakterli bo‘lib, u 
yashil shishasimon bosh deb ataladi. Bu agregatlar uchun ochiq yashildan 


201 
rangsizgacha qatlam-qatlam bo‘lib ko‘rinish xarakterlidir. Malaxitni tuproqsimon 
xillari ham uchrab uni mis yashili deb ataladi. Malaxit kristtallari juda kam 
uchraydi. Ularni qiyofasi odatda prizmatik, ninasimondan tolasimongacha. 
Kristallari ko‘pincha qo‘shaloq holda uchraydi.
Malaxitning 
rangi 
yashildan 
oqqacha. 
Yaltirashi 
shishasimondan 
olmossimongacha. Tolasimon xillari ipakdek yaltiraydi. Optik konstantalari: 
Ng=1,909; Nm=1,875; Np=1,655; Ng-Np=0,254 2v=43°. Qattiqligi 3,5-4. Mo‘rt. 
Ulanish tekisligi (201) bo‘yicha mukammmal, (010) bo‘yicha o‘rtacha. 
Soltishtirma og‘irligi 3,9-4,1.
Malaxit uchun diagnostik belgi bo‘lib, o‘ziga xos yashil rangi, ko‘pincha 
oqiq 
shaklda, 
tolalarini 
esa 
radial-nursimon 
bo‘lishi 
hisoblanadi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,63; 2,82; 1,509. HCl da qaynab eriydi. 
Dahandam alangasida eriydi va mis gardi yuzaga keladi. Yopiq naychada qorayadi 
va suv ajralib chiqadi.
Malaxit mis konlarining yuqori gorizontlarida tarkibida mis bo‘lgan 
birlamchi minerallarni oksidlanishidan hosil bo‘ladi. Ko‘pincha sof tug‘ma mis, 
kuprit,sserussit, azurit va boshqa minerallar o‘rnida psevdomorfozalar hosil qiladi.
Uralda malaxitni butun dunyoga nomi chiqqan Mednorudyansk (Nijniy Tagil 
yaqinida) va Gumeshevsk (Sverdlovskni janubi-g‘arbida) konlari ma’lum. Bu 
erdan taxminan 320 tonna keladigan malaxitni bo‘lagi topilgan. Bu erdan 
olinadigan malaxit bezaklarining boyligi va juda chiroyliligi butun dunyoga 
ma’lum. Sankt-Peterburgdagi Isaakiy soborining mashhur kolonnalariga, qishki 
saroy, ermitaj zallariga va boshqalarga qoplangan malaxit ana shu konlardan 
olingan.
Malaxitning katta massalar holida topilgan xillari har xil bezak ishlarida va 
xashamdor buyumlar – rangi va rasmlari chiroyli bo‘lgan vazalar, qutichalar, 
stollar va boshqa narsalar olishda ishlatiladi. Malaxitning mayda kukunsimon 
xillari bo‘yoq olishda ishlatiladi. Bundan tashqari malaxit rudalaridan boshqa 
minerallar bilan birgalikda mis eritib olinadi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling