Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Viterit – VaSO

Angliyalik fizik va mineralog olim Vil’gel’m Vitering (1741-1799) nomiga 
qo‘yilgan.
Kimyoviy tarkibi: Va – 69,59%; S – 6,09%; O – 24,32%. Ayrim paytlarda 
aralashma sifatida stronsiy uchraydi. Singoniyasi rombik, simmetriya ko‘rinishi 
rombo-dipiramidal – 3L
2
3PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=5,26; b
0
=8,85; c
0
=6,55; 
a
0
:b
0
:c
0
=0,595:1:0,741.


200 
Viterit sharsimon, buyraksimon va yaxlit massalar, hamda tomirsimon
tolasimon va varaqsimon agregatlar holida uchraydi. Kristallari ikkilangan bo‘lib, 
psevdogeksagonal dipiramida qiyofasini beradi. Ba’zan ular prizmatik va 
linzasimon bo‘lishi mumkin.
Viterit oq va rangsiz bo‘lib, ko‘pincha kulrang va sarg‘ish tuslarda bo‘ladi. 
Yaltirashi shishasimon, singan joylarida yog‘langandek. Ulanish tekisligi (010) 
bo‘yicha mukammal emas. Qattiqligi 3-3,5. Solishtirma og‘irligi 4,2-4,3. Optik 
konstantalari: Ng=1,677; Nm=1,676; Np=1,529; Ng-Np=0,148; 2v=16°. Katod 
nurlarida ba’zan sariq nur sochadi.
Viterit uchun belgi bo‘lib solishtirma og‘irligini Yuqoriligi hisoblanadi. 
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,72; 2,63; 2,14. Suyultirilgan HNO
3
va 
HCl da vijillab eriydi. Dahandam alangasida osonlikcha erib, sovugandan so‘ng 
emalga o‘xshash shaffof shishaga aylanadi. Alanga o‘ziga xos sarg‘ish yashil 
rangga kiradi.
Viterit 
kam 
uchraydigan 
minerallar 
qatoriga 
kirib, 
gidrotermal 
jarayonlardagi tomirlarda barit va har xil sul’fidlar bilan birga uchraydi. Ekzogen 
jarayonlarda esa barit o‘rnida hosil bo‘lgan ikkilamchi mineral sifatida uchraydi. 
Viteritni yirik uyumlari Angliyada, Turkmanistonda ma’lum.
Viterit ximiya sanoatida bariy olishda, chiroyli oq akvarel bo‘yoq olishda 
ishlatiladigan bariy sul’fati olishda ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling