Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Gyotit – Fe
2
O
3
· H
2
 
Iogann Vol’fgann Gete (1749-1832) sharafiga Shunday nom bilan atalgan. 
Sinonimi: ignasimon temir rudasi.
Kimyoviy tarkibi: Fe – 62,85%; O – 36,01%; N – 1,14%. Tarkibida suvi 
ko‘p bo‘lgan (12-14% gacha) va quyidagi formula bilan Fe
2
O
3
∙ nH
2

ifodalanuvchi xili limonit yoki gidrogetit deyiladi («lemon» - grekcha o‘tloq 
so‘zidan olingan. Temir gidrooksidlarining o‘tloq yoki botqoqliklarda tarqalgan 
rudalari ko‘zda tutiladi)(20.15-rasm). Tarkibida getit, limonit hamda kremnizem 
gidroksidlari va gilli minerallar bo‘lgan tabiiy yopiq kristallangan aralashmalari 
qo‘ng‘ir temirtoshlar deyiladi.


178 
20.15-rasm. Limonitning ohak-tomma shakli 
Singoniyasi rombik. Simmetriya ko‘rinishi rombo-dipiramidal’ 3L
2
3PC. 
Fazoviy gruppasi: a
0
=4,64; b
0
=10,0; c
0
=3,03. a
0
:b
0
:c
0
=0,464:1:0,303.
Juda kam uchraydigan kristallari ignasimon yoki ustunsimon qiyofada 
bo‘ladi. Ko‘proq ichki tuzilishi ingichka radial yoki parallel tolalardan iborat oqiq, 
buyraksimon yoki stalaktit shakllarida («ignasimon temir ruda») yoki zich, yaxlit, 
g‘ovak, shlaksimon, kukun massalar tarzida uchraydi. Getitning pirit va boshqa 
temir sul’fidlari kristallari o‘rnida paydo bo‘lgan psevdomorfozalari keng 
tarqalgan (20.16-rasm). Oolitlar, loviya toshlar, konkretsiyalar hamda jeodalar 
holida ham uchraydi.
Limonit bilan getitning rangi sarg‘ish qo‘ng‘ir, to‘q-qo‘ng‘ir va qora. 
Getitning chizig‘i qo‘ng‘ir bo‘lib, biroz qizg‘ish tusda tovlanadi. Yaltirashi 
olmosdan yarim metallgacha. Yupqa bo‘laklari shaffof. Ulanish tekisligi (010) 
bo‘yicha mukammal. Qattiqligi getitniki 4,5-5,5, limonitniki 1 dan 4 gacha. 
Solishtirma og‘irligi: getit 4-4,4, limonit 3,3-4,0. optik xususiyatlari: ikki o‘qli, 
manfiy, Ng=2,35-2,40; Nm=2,35-2,39; Np=2,21-2,26; Ng-Np=0,014. Qaytarish 
ko‘rsatkichi kichik (15% atrofida).


179 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling