Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Gidrargillit – Al
2 O 3 · 3H 2 O Mineralning nomi grekcha “gidro” – suv va “argillos” oq gil degan so‘zlardan kelib chiqqan. Kimyoviy tarkibi: Al – 34,58%; O – 61,54%; H- 3,88%. Izomorf aralashma sifatida 2% gacha Fe 2 O 3 va 0,006% gacha Ga 2 O 3 uchrashi mumkin. 174 Singoniyasi monoklin. Simmetriya ko‘rinishi prizmatik-L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =8,624; b 0 =5,06; c 0 =9,700; β=94°34´; a 0 :b 0 :c 0 = 1,7043: 1:1,9168. Gidrargillitning kristall strukturasi qatlam – qatlam bo‘lib, brusitnikiga o‘xshab ketadi. Kristallarining qiyofasi olti burchakli taxtachasimon. Ko‘pincha (100) va (110) bo‘yicha o‘sgan murakkab, qo‘shaloq kristallari bir necha xil qonun asosida tarqalgan. Varaqchalari, ko‘pincha shu’la kabi, ba’zan oqiqlar shaklida yoki loviyasimon hamda sharsimon konkretsiyalar tarzida bo‘ladi. Lekin u yer yuzida asosan mayda tangachasimon yoki yashirin kristallangan massalalar tarzida tarqalgan. Gidrargillitning rangi oq yoki kulrang, yashil, qizg‘ish bo‘ladi. Yaltirashi shishasimon, ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek tovlanadi. Shaffof. Qattiqligi 2,5 – 3,5. Solishtirma og‘irligi 2,43. Ulanish tekisligi (001) bo‘yicha o‘ta mukammal. Optik xususiyatlari: ikki o‘qli, musbat Ng – 1,587; Nm=Np=1,566. Ng-Np=0,021. Gidrargillit uchun o‘ta mukammal ulanish tekisligi, shishasimon yaltirashi va ochiq rangga ega bo‘lishi xarakterlidir. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 4,82; 2,378; 1,458. Konsentrlangan N 2 SO 4 da sekin va qaynoq ishqorlarda oson eriydi. Daxandam alangasida erimaydi va suvini hamda shaffofligini yo‘qotadi. 196°–202°C temperaturalarda byomitga aylanadi. Sun’iy gidrargillit gidroliz natijasida CO 2 ni, alyuminatlarni ishqorli eritmalardan o‘tkazish yo‘li bilan olinadi. Gidrargillit asosan yer yuzida alyumosilikatlarni nurash jarayonida yuzaga keladi. Ba’zan gidrargillit gidrotermal mahsulot sifatida nefelin, kaolin va alunit bilan bir assotsiyasiyada uchraydi. Alyuminiy gidrati gruppasiga kiruvchi minerallar boksit deb ataluvchi maxsus tog‘ jinslarini hosil qiladi. Tekshirishlarni ko‘rsatishicha, boksitlar kalloid yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Boksitlarni tarkibiy qismi bo‘lib diaspor, belit, gidrargillit, temir gidrooksidlari va gilli minerallar hisoblanadi. Gidrargillit alyuminiy olish uchun asosiy manba bo‘lgan boksitlar tarkibiga kiradi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling