Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Nazorat savollari:
1. Flyuoritning amaliy ahamiyati. 2. Galit qaysi jarayonlarda hosil bo‘ladi. 3. Galit bilan silvinning farqi nimada? 20. Oksidlar 20.1. Sodda va murakkab oksidlar Kuprit – Cu 2 O Nomi lotincha «kuprum» - mis degan so‘zdan kelib chiqqan. Sinonimi – qizil mis rudasi. Kimyoviy tarkibi: Cu – 88,7%, O – 11,2%. Mexanik aralashma sifatida sof tug‘ma mis, qo‘ng‘ir temirtoshlar va opal bo‘lishi mumkin. Xillari: g‘ishtsimon mis rudasi (tarkibida temir gidrooksidlari aralashmasi bor) va smolasimon mis rudasi (tarkibida kremnezem va temir gidrooksidlari aralashmasi bor) haqiqatda koloidal mineral aralashmalardan iborat. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi pentagon – trioktaedrik – 3L 4 4L 3 6L 2 . Fazoviy gruppasi: a 0 =4,26. Kuprit yaxlit donasimon, ba’zan tuproqsimon agregatlar, hamda oktaedrik ba’zan kubik va dodekaedrik qiyofaga ega bo‘lgan kristallar tarzida uchraydi. 144 Kupritni rangi har xil tusdagi qizil. Chizig‘ini rangi jigarrang qizil. Yaltirashi olmossimon. Ulanish tekisligi (111) bo‘yicha mukammal emas. Qattiqligi 3-4. Solishtirma og‘irligi 6. Ba’zan yarim shaffof. N=2,85. Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda ichki qizg‘ish qizil reflekslar bilan havorang oq. Odatda anomal anizotrop, pleoxroik. O‘tgan yorug‘lik nurida qizil. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi o‘rtacha – 25% atrofida. Kupritni aniqlashda belgi bo‘lib olmossimon yaltirashi, chizig‘ini qizilligi va sof tug‘ma mis, hamda ikkilamchi mis minerallari (malaxit, azurit) bilan birga uchrashishi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,456; 1,505; 1,280. HCl konsentrlangan NaOH, HNO 3 va H 2 SO 4 da eriydi. Dahandam alangasida ko‘mir ustida qoralashadi, so‘ngra eriydi va qaytarilish alangasida mis sharchasini hosil qiladi. Kupritni sun’iy yo‘l bilan mis tuzlarini ishqorli eritmalarda qaytarish yo‘li bilan hamda mis metalini havoda qizdirish yo‘li bilan olish mumkin. Hosil bo‘lish jihatidan kuprit, tipik ekzogen mineral bo‘lib mis konlarini Yuqori gorizontlarida, mis sul’fidlarini nurash mahsuloti sifatida quyidagi reaksiya asosida yuzaga keladi. Cu 2 S+2O 2 +H 2 O=Cu 2 O+H 2 SO 4 2Cu 5 FeS 4 +17O 2 =6CuSO 4 +2FeSO 4 +2Cu 2 O Sul’fid konlarini oksidlanish zonasida kuprit bilan bir assotsiatsiyada misni ikkilamchi minerallari malaxit, azurit, sof tug‘ma mis, hamda qo‘ng‘ir temirtoshlar keladi. Bu minerallar tetraedrit, xal’kopirit va boshqa mis sul’fidlari o‘rnida psevdomorfozalar hosil qiladi. Ko‘p miqdorda yaxshi kristallar tarzida kuprit Uraldagi mis konlarda (Gumeshevsk, Mednorudyansk, Tur’in), hamda Fransiyada (Lion yaqinidagi Shessi koni), Amerikada (Arizonadagi Bisbi) topilgan. Oz miqdorda kuprit O‘zbekistonni ko‘pgina konlarida (Misli Qalmoqir konini oksidlanishi zonasida, Qo‘rg‘oshinkon polimetall konida, Qurama tog‘laridagi ko‘pgina konlarda, G‘arbiy O‘zbekiston konlarida, Hisor tog‘larida) topilgan. Yerni ustki qismida kuprit o‘zgarib malaxitga, sof tug‘ma misga ba’zan tenorit, atakamit va misni boshqa oksidli minerallariga aylanadi. 145 Misni boshqa minerallari bilan birgalikda mis rudasi olish uchun xizmat qiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling