Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
140 19.2. Ftoridlar Flyuorit – CaF 2 Flyuorum – ftor elementining lotincha nomi. Sinonimi: plavik shpati. Kimyoviy tarkibi: Ca – 51,2%; F – 48,8%. Ba’zan aralashma sifatida Cl, Fe 2 O 3 , TR, U va bitum moddalari ishtirok etadi. Singoniyasi kubik, simmetriya k O‘ rinishi geksaoktaedrik - 3L 4 4L 3 6L 2 9PC. Fazoviy gruppasi a0= 5,450. Agregatlari ko‘pincha yaxlit donali massa bo‘lib, ba’zan tuproqsimon massa holida uchraydi. Kristallari kubik ba’zan oktaedrik va dodekaedrik qiyofaga ega. Flyuorit ko‘pincha shaffof, ba’zan esa butunlay rangsiz bo‘ladi. U ko‘p hollarda har xil: yashil, havorang, binafsha, ba’zan qoramtir binafsha rangli bo‘ladi (19.1, 19.2-rasmlar). Flyuorit rangining qizdirilganda yo‘qolishi va rentgen nurlari ta’sirida yana bo‘yalib qolishi qiziqarli holdir. Yaltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi oktaedr bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 4. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 3,18. Optik xususiyatlari: izotrop, N=1,434. Flyuorit flyuoressensiyalanadi va fosforensiyalanadi. Katod nurlari ta’sirida o‘ziga xos zangor-yashil tovlanuvchan gunafsha rangli nur sochadi. Uning nur sochishi qizdirilganda ham ko‘rinadi (termolyuminessensiya). 19.1-rasm. Flyuorit 141 Flyuoritni quyidagi xillari ma’lum: 1) Optik flyuorit – rangsiz va shaffof xili; 2) Ratovkit – tuproqsimon, qoramtir-binafsha xili; 3) Radioflyuorit – radiyni izomorf aralashmasi hisobiga radioaktiv bo‘lgan, juda kam uchraydigan xili. Flyuoritni boshqa minerallardan kristallarining shakli, oktaedr bo‘yicha ulanish tekisligi, yaltirashi, qattiqligi va rangiga qarab ajratish mumkin. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqari: 3,148; 1,928; 1,644. HCl va HNO 3 da qiyinchilik bilan eriydi. H 2 SO 4 da parchalanib ketadi. Dahandam alangasida yorilib ketadi, yarqiraydi va qiyinchilik bilan chekkalari eriydi (1270°). 19.2-rasm. Flyuorit, siderit, xal’kopirit. Flyuoritni hosil bo‘lishi asosan gidrotermal jarayonlar bilan bog‘liq. Yirik sanoatbop konlarda flyuorit bilan bir assotsiatsiyada kvars, barit, kal’sit hamda sul’fidlar asosan galenit bilan sfalerit uchraydi. Flyuorit aksessor mineral sifatida, intruziv tog‘ jinslarda ham uchraydi. Flyuorit pnevmatolit jarayonlarda ham hosil bo‘lib, pegmatit va greyzenlarda uchraydi. Ayrim paytlarda juda oz miqdorda ekzogen jarayonlarda ham uchraydi. Flyuoritni yirik konlari Angliyada 142 (Kumberlend), Amerikada (Konnektikut va Illinoys), Zabaykal’eda (Abagaytuy, Kalanguy), Ukrainada, Rossiyada ma’lum. O‘zbekistonda flyuorit ko‘p tarqalgan minerallar qatoriga kiradi. Chotqol- Qurama tog‘larida Naugarzan, Kenkol, Dushali, Kaskana, Choshli, Auraxmat va boshqa konlar ma’lum. G‘arbiy O‘zbekistonda Uchquloch rudali maydoni, Janubiy O‘zbekistonda (Kugitang) flyuorit konlari ma’lum. Flyuorit ftorga boy boshqa minerallar kabi rudalarni erishini tezlashtiradigan yaxshi flyus (qo‘shimcha) sifatida metallurgiyada ishlatiladi. Ximiya sanoatida flyuoritdan bir qator birikmalar olinadi. Keramikada emal’ va glazurlar olish uchun ham qo‘llaniladi. Flyuoritni shaffof va rangsiz xillari mikroskop ob’ektivlariga linzalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling