Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Bulanjerit – Pb
5 Sb 4 S 11 Fransuz tog‘ injeneri K.Bulanje sharafiga Shunday nom bilan atalgan. Kimyoviy tarkibi: Pb 5 – 55,4%; Sb – 25,7%; S – 18,9%. Ba’zan mis aralashma sifatida bO‘lishi mumkin. Singoniyasi monoklin, simmetriya ko‘rinishi prizmatik – L 2 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =21,54; b 0 =23,51; c 0 =8,09. β=100°48´ a 0 :b 0 :c 0 =0,9166:1:0,3475. Tashqi ko‘rinishi jihatidan sur’ma yaltirog‘ini eslatuvchi, chalkash tolasimon massalardan tuzilgan. Kristallari juda kam uchrab, ular ignasimon va ustunsimon qiyofaga ega. Ba’zan tabletkasimon kristallari ham uchraydi. Bulanjeritni rangi po‘latdek kulrangdan temirdek qoragacha. Chizig‘ini rangi jigarrang ko‘rinadigan kulrang qora. Yaltirashi metallsimon. Ulanish tekisligi o‘rtacha. Qattiqligi 2,5-3. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 6,23. Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda bulanjerit kulrang oq, anizotrop va kuchsiz pleoxroik. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi o‘rtacha 34%. Bulanjeritni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib ingichka tolali agregatlari va chizig‘ini qo‘ng‘ir ko‘rinishi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,71; 2,815; 1,861. HNO 3 da va qizdirilgan HCl da erib, H 2 S ajralib chiqadi. 136 Dahandam alangasida oson eriydi. Soda bilan qo‘rg‘oshin gardi va quyuq oq Sb 2 O 3 gardi hosil qiladi. Gidrotermal polimetall konlarda bulanjerit ikkilamchi mineral sifatida galenit, antimonit, aynama rudalar, sfalerit, pirit va boshqa minerallar bilan birgalikda uchraydi. Uning konlari Sharqiy Zabaykal’eda (Algachinsk, Klichkinsk, Darasun konlari), Ukrainada, Shvetsiyada (Sala koni) ma’lum. O‘zbekistonda bulanjerit Chotqol-Qurama tog‘larida va janubiy O‘zbekiston konlarida juda ko‘p kuzatilgan. Yerni yuza qismida bulanjerit barqaror bo‘lmaysserussit va sur’mani oksidlariga aylanadi. Bulanjerit katta uyumlar holida topilsa qo‘rg‘oshin rudasi sifatida katta ahamiyatga ega. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling