Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Molibdenit – MoS
2
  
Mineralning nomi grekcha «molibdos» - qo‘rg‘oshin degan so‘zdan kelib 
chiqqan (bunda mineralni qo‘rg‘oshindek kulrangi ko‘zda tutilgan). Sinonimi 
molibden yaltirog‘i. Kimyoviy tarkibi: Mo – 60% S – 40%. Izomorf aralashma 
sifatida reniy bo‘lishi mumkin. Singoniyasi geksagonal, simmetriya ko‘rinishi 
digeksagonal-dipiramidal – L
6
6L
2
7PC. Fazoviy gruppasi: a
0
=3,16; c
0
=12,32; 
a
0
:c
0
=1:3,899.
Molibdenit agregatlari odatda tangasimon va varaqsimon, kristallari 
geksagonal-tabletkasimon qiyofada bo‘ladi. Juda kam hollarda qo‘shaloq kristallari 
ham uchraydi. Molibdenitning rangi qo‘rg‘oshindek kulrang, chizig‘ini rangi 
yashilroq tovlanadigan kulrang. Yaltirashi metallsimon. Shaffof emas. Ulanish 
tekisligi (0001) bo‘yicha mukammal. Qattiqligi 1. Yupqa varaqlari egiluvchan. 


125 
Solishtirma og‘irligi 4,7-5,0. Elektr o‘tkazuvchanligi kuchsiz, lekin temperatura 
ortishi bilan ortib boradi. Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda molibdenit oq, 
kuchli anizotrop va pleoxroik. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi yuqori – 40%.
Molibdenitni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib, qo‘rg‘oshindek kul rangi
metallsimon yaltirashi (18.8-rasm), qattiqligini kichikligi va ulanish tekisligini 
mukammal bo‘lishi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,045; 
1,826; 1,534. HNO
3
da MoO
3
ni oq cho‘kindisini hosil qilib qiyin eriydi. 
Dahandam alangasida erimay, alangani kuchsiz sarg‘ish yashil rangga bo‘yaydi.
18.8-rasm. Molibdenit 
Molibdenit genetik jihatdan nordon magmatik tog‘ jinslari (granit va 
granodioritlar) bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotermal tomirlarda uchraydi. Bu konlarda 
molibdenit kvarsli tomirlarda va kvarslangan tog‘ jinslarda pirit, xal’kopirit, hamda 
sheelitli skarnli zonalarda vol’framit, kassiterit, sheelit va vismutin bilan birgalikda 
uchraydi. Molibdenitnng eng yirik konlari Klyaymeks (Kolorado shtati) va Bingem 
(Yuta shtati) Amerikada topilgan. Birlashgan hamdo‘stlik davlatlarida molibdenit 
Kavkazda, Sharqiy Sibirda, Uzoq Sharqda va boshqa joylarda topilgan. 
Molibdenitning yirik yaxshi qirralangan kristallari Avstraliyada, Shimoliy Uel’sda 


126 
(Kingsgeyt koni), Amerikani N’yu-Djersi shtatida (Ogden koni) topilgan. 
Molibdenit O‘zbekistonda Chotqol-Qurama tog‘larida, G‘arbiy va Janubiy 
O‘zbekiston konlarida juda ko‘p topilgan minerallardan biridir. Oksidlanishi 
zonasida molibdenit o‘rnida ko‘pincha povellit [Ca (MoO
4
)] yuzaga keladi.
Molibdenit molibden olinadigan birdan-bir sanoatbop rudadir. Molibden 
Yuqori sifatli po‘latni maxsus navlarini tayyorlashda, elektrotexnikada
bo‘yoqchilikda, telegrafda, ximiya sanoatida va boshqa soxalarda ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling