Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Tetradimit - Bi
2 Te 2 S Grekcha «tetradimos» - to‘rtlangan (ko‘pincha to‘rt qo‘shaloq kristallar hosil qiladi) demakdir. Kimyoviy tarkibi: Bi – 59,27%; Te – 36.18%; S – 4.55%. Aralashma sifatida Se, Au, Cu, Pb ishtirok etishi mumkin. Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi ditrigonal skalenoedrik L 3 3L 2 3PC. Fazoviy gruppasai: a 0 =4,326; c 0 =30,07 a 0 :c 0 =1:6,952 Varaqsimon va donasimon agregatlar, hamda alohida plastinkaga o‘xshash bo‘laklar holida uchraydi. Kristallari juda kam uchrab, romboedrik qiyofaga ega bo‘ladi va ko‘pincha qo‘shaloq va to‘rt qo‘shaloq ko‘rinishda bo‘ladi. Tetradimitning rangi po‘latdek kulrang. Yaltirashi metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi mukammal. Qattiqligi 1,5-2,0. Solishtirma og‘irligi 7,2-7,3. Mikroskop ostida silliqlangan shliflarda oq rangli bo‘lib, biroz sarg‘ish tusda tovlanadi. Anizotrop. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi 48%. 124 Diagnostik belgi bo‘lib plastinkasimon agregatlari va yuqori darajadagi nurni qaytarish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi chiziqlari: 5,06; 3,20; 2,16. HNO 3 da eriydi va S ajralib chiqadi. Konsentrlangan N 2 SO 4 malina rangga bo‘yaydi. Dahandam alangasida oson eriydi va uchib ketib, alangaga havo rang beradi. 600°C da eriydi. Telluridlar ichida eng ko‘p tarqalgan mineral hisoblanadi. Odatda oltinli gidrotermal konlarda sof tug‘ma oltin, vismutin, aynama rudalar, xal’kopirit va boshqa sul’fidlar bilan birgalikda uchraydi. Konlari Ruminiyada (Beysa, Bixoruluy, Chiklova va boshqalar), Amerikada (Red-Klaud, Montgomeri), Kanadada (Lidel-Krik, Paynki-ler-Leyk), Qozog‘istonda (Stepnyak), O‘rta Uralda (Shilovo-Isetsk) ma’lum. Yaxshi qirralangan qo‘shaloq kristallari Chexoslovakiyani Jarkovitsi konida topilgan. O‘zbekistonda tetradimit vismutli konlarda eng ko‘p uchraydigan minerallardan biri hisoblanadi. Chotqol-Qurama tog‘larida tetradimit juda ko‘p uchrab, G‘arbiy O‘zbekiston konlarida ancha kam uchraydi. Yerning yuza qismida tetradimit barqaror bo‘lmay oson parchalanib vismut oxralari va montanitga – Bi 2 TeO 4 [OH] 2 aylanadi. Vismut va oltin konlarida uchrab, rudalardan kompleks ravishda vismut va tellur olish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling