Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Xal’kopirit – CuFeS
2 Nomi grekcha «xalkos» - mis, «piros» - o‘t, olov degan ma’noni bildiradi. Piritga o‘xshashligi uchun Shunday nom bilan atalgan. Sinonimi: mis kolchedani. Kimyoviy tarkibi: Cu-34,6%; Fe-30,4%; S-35%. Aralashma sifatida oz miqdorda Au, Ag, Te bo‘ladi. Singoniyasi geksagonal, simmetriya ko‘rinishi tetragonal – skalenoedrik –L 2 4L 2 2P. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,25; c 0 =10,32; a 0 :c 0 =1:1,966. 113 Xal’kopirit ko‘pincha donador, yaxlit va xol-xol agregatlar hosil qiladi. Kristall holida juda kam uchraydi. Kristallari tetraedrik qiyofaga ega. Rangi jez-sariq, ko‘pincha ola-bula bo‘lib tovlanadi. Chizig‘i yashilroq-qora. Yaltirashi metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi (011) bo‘yicha mukammal emas. Mo‘rt. Elektr o‘tkazish qobiliyati kuchsiz. Qattiqligi 3-4. Solishtirma og‘irligi 4,1-4,3. Mikroskop ostida plastinkasimon va qo‘shaloq polisintetik kristallarini ko‘rish mumkin. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi 24%. Xal’kopirit uchun diagnostik belgi bo‘lib kristallarining o‘tda charsillab- yorilib ketadi va erib magnit tortadigan sharchaga aylanadi. Soda bilan qo‘shib ko‘mir ustida qizdirilganda undan sof mis sharchasi ajraladi. Yopiq naychada oltingugurt ajralib chiqadi. Sun’iy yo‘l bilan xal’kopiritni mis sul’fidini pirit bilan mis va temir oksidini H 2 S sharoitida qizdirish yo‘li bilan olish mumkin. Xal’kopirit konlari magmatik, gidrotermal va cho‘kindi jarayonlar bilan bog‘liq. Magmatik konlarda xal’kopirit asos magmatik tog‘ jinslaridagi mis-nikelli sul’fidli rudalarda uchraydi. Bu tipdagi konlarda xal’kopirit bilan bir assotsiatsiyada pirrotin, pentlandit, magnetit hamda kobal’t va nikel’ arsenidlari, platina va palladiy minerallari uchraydi. Xal’kopirit konlarining asosiy qismi gidrotermal jarayonlar bilan bog‘liq. Bu konlarda xal’kopirit bilan bir assotsiatsiyada pirit, pirrotin, sfalerit, tetraedrit uchraydi. Cho‘kindi jarayonlarida misli qumtosh konlari uchraydi, bu erda xal’kopirit, bornit bilan qumtosh donlarini yopishtiruvchi vazifasini o‘taydi. Xal’kopirit konlari Kanadada (Sedberi koni), Janubiy Afrikada (Bushvel’d konlari), Chilida (Braden koni), Uralda, Qozog‘istonda (Kounrad, Jezqozg‘on) ma’lum. O‘zbekistonda xal’kopirit eng ko‘p uchraydigan rudali minerallardan biri hisoblanadi. Bu mineral rudali konlarni deyarli hammasida kuzatilgan bo‘lib, juda yaxshi o‘rganilgan minerallar qatoriga kiradi. Yerning yuza qismida xal’kopirit barqaror bo‘lmay parchalanib har xil kislorodli birikmalarga aylanadi. 114 Tarkibida xal’kopirit bo‘lgan rudalar mis olish uchun asosiy manba hisoblanadi. Metallurgiya zavodlarida olingan mis toza holda va Shuningdek qotishmalar (jez, bronza va boshqalar) holatida ishlatiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling