Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Pirrotin Fe
1 -nS (n= 0,1 – 0,2) Nomi grekcha piros – olov rang so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi magnit kol’chedani. Kimyoviy tarkibi: Fe - 63,53%; S – 36,47%, tarkibi bo‘yicha FeS ga to‘g‘ri keladi. Analizlarni ko‘rsatishicha oltingugurt miqdori 39 – 40% ga etishi mumkin. Aralashma sifatida Cu, Ni, Co bo‘lishi mumkin. Singoniyasi geksagonal. Simmetriya ko‘rinishi digeksagonal – dipiramidal. L 6 6L 2 7PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =3,43; c 0 = 5,68; a 0 :c 0 = 1:1,66. Pirrotinning kristall strukturasi nikelin tipidagi geksagonal struktura bilan xarakterlanadi. Pirrotin odatda yaxlit massa yoki noto‘g‘ri shaklli xol – xol donalar holida uchraydi. Ayrim xollarda radial nursimon agregatlari ham uchraydi. Pirrotin kristallari juda kam uchraydi. Odatda ular taxtachasimon, ba’zan ustunsimon va piramidal qiyofaga ega. Kristallarida odatda tomonlar pinakoid (0001), prizma 111 (1010), dipiramida (1011), bo‘yicha rivojlangan. Ba’zan (1011) bo‘yicha qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Pirrotinning rangi qo‘ng‘ir tovlanuvchi bronzasimon sariq. Chizig‘ining rangi kulrang – qora. Yaltirashi metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi mukammal. Mo‘rt. Qattiqligi 3,5 – 4,5. Solishtirma og‘irligi 4,58 – 4,70. Elektrni yaxshi o‘tkazadi. Magnitlik hususiyati bor. Tarkibida temir ko‘payishi bilan magnitlik hususiyati ortib boradi. Mikroskopda silliqlangan shliflarda kuchli anizatroplik va kuchsiz pleoxroizm hususiyatiga ega. Qaytarish ko‘rsatkichi yuqori (40% atrofida). Pirrotin ajratish uchun xarakterli belgi bo‘lib magnitlik hususiyati va rangi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,63; 2,062; 1,045. Daxandam alangasida erib, magnit tortadigan qora massaga aylanadi. Pirrotinni hosil bo‘lishi asosan endogen jarayonlar bilan bog‘liq. Ekzogen jarayonlarda juda kam yuzaga kelib, asosan cho‘kindi temir rudali konlarda va fosforitlarda uchraydi. Magmatik tipdagi aksessor pirrotin G‘arbiy O‘zbekistondagi (Tosqozg‘on, Sultonuizdog‘, Tomdi), Qurama tog‘laridagi (Oqtepa) gabbroidli tog‘ jinslarida uchraydi. G‘arbiy O‘zbekistondagi kontakt metasomatik konlarda (skarn – sheelitli) pirrotin eng ko‘p tarqalgan sul’fidlardan hisoblanadi (Langar, Qo‘ytosh, Ugat, Chuyun, Choshtepa, Ingichka, Yaxton va boshqalar). Janubiy O‘zbekistondagi konlarda pirrotin kontakt - metasomatik jarayonlarda (Chosh, Chormogol) va gidrotermal konlarda (Kul’dara, Xandiza) uchraydi. Yer yuzida pirrotin barqaror bo‘lmay parchalanadi. Tarkibida boshqa metall foydali qazilmalari bo‘lmagan pirrotin rudalaridan faqat sul’fat kislota olishda foydalanish mumkin. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling