Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Stannin – Cu
2 Fe Sn S 4 Nomi lotincha stannum – qalay so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi qalay kolchedani. Kimyoviy tarkibi Cu-29,56%, Fe-13,00%, Sn-27,61%, S-29,83%. Aralashma sifatida Zn, Sb, Cd, Pd, va kumush bo‘lishi mumkin. Singoniyasi tetragonal, simmetriya ko‘rinishi tetragonal-skalenoedrik – L 2 2L 2 2P. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,47, c 0 =10,747; a 0 :c 0 =1:1,964. Odatda stannin noto‘g‘ri shaklli donalar va donador massalar holida uchraydi. Stannin kristallari juda kam uchrab, ular kubik yoki tetraedrik ko‘rinishga ega. Stanninni rangi po‘latdek kulrang bo‘lib, o‘ziga xos yashil tovlanadi. Chizig‘i qora. Shaffof emas. Ulanish tekisligi (110) va (001) bo‘yicha mukammal emas. Tekis sinmaydi. Mo‘rt. Qattiqligi 3-4. Solishtirma og‘irligi 4,3-4,5. Elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Mikroskop ostida plastinkasimon va polisintetik qo‘shaloqligi ko‘rinadi. Anizotrop. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi – 24%. Stanninni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib po‘latdek kulrang bo‘lib, o‘ziga xos yashil tovlanishi xizmat qiladi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 3,12; 1,911; 1,634. NNO 3 da eriydi va S, SnO 2 ajralib chiqadi. Dahandam alangasida ko‘mir ustida eriydi va gardlar hosil qiladi. Yopiq trubkada yorilib ketadi. Stannin kam uchraydigan mineral bo‘lib, qalayli gidrotermal konlarda kassiterit, vol’framit, sfalerit, xal’kopirit, pirrotin, galenit bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Qalay konlarida stannin juda ko‘p bo‘lmagan miqdorda Boliviyada (Potuso va Oruro konlari), Tasmaniyada (Sixan), Sharqiy Zabaykal’eda (Xapcheranga va Bukuka konlari) topilgan. O‘zbekistonda stannin juda kam uchraydigan mineral sifatida Chotqol va Qurama tog‘larida (Naugarzansoy, Lashkerek, Sarimsoqli, Sargardon), hamda G‘arbiy O‘zbekistonda (Qizqo‘rg‘on) topilgan. 115 Yerning ustki qismida stannin barqaror bo‘lmay osonlik bilan qo‘ng‘ir temirtoshlar va kassiteritga aylanadi. Stannin kassiterit bilan birgalikda qalay rudasi olish uchun xizmat qiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling