Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 


109 
Kinovar – HgS 
Mineralning nomi Hindistondan kelib chiqqan deb taxmin qilishadi. Bu erda 
qizil smola va «ajdar qoni» Shunday nom bilan ataladi. HgS ning kubik 
modifikatsiyasi metatsinnabarit deb ataladi.
Kimyoviy tarkibi: Hg=86,2%; S=13,8%.
Singoniyasi trigonal, simmetriya ko‘rinishi trigonal’-trapetsoedrik – L
3
3L
2

Fazoviy gruppasi: a0=4,16: c0=9,54; a0:c0=1:2,2906.
Kinovar odatda xol-xol donalar, donasimon uyumlar, tuproqsimon va 
kukunsimon gardlar, po‘stloqlar tarzida, ba’zan kristallar holida uchraydi (18.3-
rasm). Ba’zan qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Gil va organik moddalar 
aralashmasiga boy yashirin kristallangan massalari ham uchraydi, uni «jigar ruda» 
deb ham ataladi.
Kinovarning rangi qizil, ba’zan qo‘rg‘oshindek kulrang bo‘lib, tovlanadi. 
Yaltirashi olmossimon. yarim shaffof. Ulanish tekisligi {1010} bo‘yicha 
mukammal. Sinishi yarim chig‘anoqsimon, tekis emas. Mo‘rt. Qattiqligi 2-2,5. 
Solishtirma og‘irligi 8,09-8,2. Elektr tokini o‘tkazmaydi. Optik xususiyatlari: 
musbat, sindirish ko‘rsatkichlari yuqori: Ng=3,272; Nm=2,913; Ng-Nm=0,359.
Kinovarni aniqlashda xarakterli belgi bo‘lib qizil rangi, kichik qattiqligi va 
solishtirma og‘irligini yuqoriligi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy 
chiziqlari: 3,372; 2,869; 2,074. Dahandam alangasida butunlay uchib ketadi. 
Ishqorlarda eriydi. Kislotalarda erimaydi.
Kinovar’ yosh vulqonli rayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan tipik past 
temperaturali gidrotermal mineraldir. Kinovar’ bilan bir assotsiatsiyada antimonit, 
pirit, markazit, real’gar, arsenopirit, rudasiz minerallardan kvars, kal’sit, flyuorit, 
barit uchraydi. Kinovarni yirik konlari Ispaniyada (Al’maden), Italiyada (Monte-
Amata), Yugoslaviyada (Avala), Qirg‘izistonda (Haydarkon), Ukrainada 
(Nikitovka) ma’lum.
Kinovar O‘zbekistonda juda qadim zamonlarda ma’lum bo‘lib, keng 
tarqalgan minerallardan biri hisoblanadi. U respublikamizni G‘arbi va Janubiy-


110 
G‘arbida keng tarqalgan bo‘lib, Shimoli-Sharqida juda kam uchrab, qolgan 
territoriyalarda butunlay uchramagan.
18.3-rasm. Kinovar’ va kvars kristallari dolomit tog‘ jinslarida (Xitoy) 
Kinovar’ simob olinadigan asosiy manbadir. Simob fizik asboblar ishlashda, 
portlovchi moddalar tayyorlashda va boshqa sohalarda ishlatiladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling