Kristallografiya va mineralogiya
Minerallarni tabiatda hosil qiluvchi geologik jarayonlar
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
16. Minerallarni tabiatda hosil qiluvchi geologik jarayonlar Minerallar tabiatda har xil geologik jarayonlarda hosil bo‘ladi, buni genezis deb ataladi. Genezis so‘zi lotincha bo‘lib, kelib chiqishi ma’nosini anglatadi. Ba’zi minerallar Yer qobig‘ining vatlamlarida magmani sovishidan hosil bo‘ladi, boshqalari esa Yer ustiga otilib chiqqan vulqon lavalaridan vujudga keladi. Ayrim minerallar Yer ostidan chiqayotgan gazlarni, parlarni va issiq suvlarni sovushidan kristallanadi, ma’lum bir minerallar ko‘llarda, dengiz va okean tublarida, yerning ustki qismida ham hosil bo‘ladi. Minerallar ma’lum bir vaqt o‘tishi bilan uzluksiz ravishda o‘zgarib turadi va boshqa birikmalarga aylanadi. Mineral hosil qiluvchi gelogik jarayonlar energiya manbaiga nisbatan ikki katta genetik guruhga bo‘linadi: endogen va ekzogen, bulardan tashqari uchinchi guruh ham mavjud metamorfogen. 16.1. Mineral hosil qiluvchi endogen jarayonlar Endogen jarayonlar er sharining ichki issiqlik energiyasi bilan bog‘liq. Bu jarayonda hosil bo‘lgan minerallar magmatik faoliyatining mahsulotlaridir. Endogen minerallar har hil haroratda kristallanadi. Ekzogen jarayonlar yerning ustki qismida sodir bo‘lib, quyosh energiyasi bilan bog‘liqdir, bu jarayonda hosil bo‘lgan minerallar past haroratda va normal bosimda kristallanadi. Ekzogen sharoitda hosil bo‘lgan birikmalarning modda manba’i er ustiga chiqib qolgan litosferadagi endogen minerallardir. Endogen sharoitda mineral hosil qiluvchi jarayonlar: magmatik; pegmatit; 77 albitit; skarn; gidrotermal; metamorfik Magmatik jarayonda minerallar asosan magmaning sovushidan kristallanadi. Magmatik jinslar kimyoviy va mineralogik tarkibiga ko‘ra besh turga bo‘linadi. 1) o‘ta asos tog‘ jinslari (dunit, peridotit), tarkibida SiO 2 anionini miqdori < 45 %. Mineral tarkibi – olivin, piroksen, magnetit, platinoidlar, olmos va boshqalar; 2) asos tog‘ jinslari (gabbro, norit), SiO 2 – 45%-55% Mineral tarkibi asos plagioklazlar, piroksen, amfibol, magnetit, ilmenit, pirritin, kobaltin, nikelin, xalkopirit va boshqalar; 3) o‘rtacha tog‘ jinslari (diorit, adamellit) SiO 2 – 55%-65%. Mineral tarkibi – o‘rta plagioklazlar, amfibol, biotit va boshqalar; 4) nordon tog‘ jinslari (granit, granodiorit), SiO 2 > 65%. Mineral tarkibi – nordon plagioklazlar, kaliy dala shpati, kvars, biotit; 5) ishqorli tog‘ jinslari (sienit, nefelinli sienit), SiO 2 – 55%. Minerallari – dala shpatlari, nefelin, egirin, sfen, kolumbit, tantalit. Mineral hosil qiluvchi pegmatit jarayoni magmatik o‘choqlarining yuqori qismida, yuqori bosimda sodir bo‘ladi. Pegmatitlar uchuvchan H 2 O, F, B, Li, Be va boshqa komponentlarga boy qoldiq magmadan magmatik jarayonning ohirlarida (700-400ºC) hosil bo‘ladi. O‘zining tuzilishi va mineral tarkibi bilan ajralib turadi. Pegmatitlar asosan nordon va ishqoriy magmatik tog‘ jinslari bilan genetik bog‘langan. Pegmatitlarning minerallari kattaligi jihatidan alohida ajralib turadi. Pegmatit hosil qiluvchi dala shpati kristallarining og‘irligi 10-100 t.ni, slyudalarning plastinkalari 5-7 m 2 ni, kvars kristallarining uzunligi 5-7 m ni tashkil qiladi. Bulardan tashqari pegmatitlarda turmalin, berill, kolumbit, tantalit, topaz, spodumen, lepidolit, volframit, molibdenit, kassiterit va boshqa sanoat uchun muhim minerallar uchraydi. 78 Agarda nordon va o‘rtacha tarkibli intruziv karbonat tog‘ jinslari orasiga, yuqori (400º-600ºC) haroratli gaz va parlar karbonatlar bilan reaksiyaga kirishib kontakt metasomatoz-skarn hosil qiladi. Skarn hosil qiluvchi asosiy minerallar – piroksen, granat, amfibol, skapolit, vollastonit va boshqalar. Skarnlar bilan temir, volfram, molibden, qo‘rg‘oshin, ruh konlari bog‘liq. Ularning ma’dan hosil qiluvchi minerallari – magnetit, gematit, sheelit, molibdenit, galenit, sfalerit. Harorat pasayishi (400º-50ºC) natijasida yuqori haroratli suv parlari va gazlar sekin-asta suvli eritmaga – gidrotermal suvga o‘tadi. Gidrotermal suvlar intruzivning o‘zidan ham magmatik jarayonning poyonida ajralib chiqishi mumkin. Gidrotermal suvlar yuqori darajada minerallashgan bo‘lishi mumkin va ulardan bevosita minerallar kristallanadi, ba’zi bir minerallar har xil birikmalarning o‘zaro reaksiyasi natijasida vujudga keladi. Gidrotermal suvlarning tog‘ jinslari bilan bevosita reaksiyasi natijasida ham ayrim minerallar hosil bo‘lishi mumkin. Gidrotermal suvlar yon tevarak tog‘ jinslari bilan reaksiyaga kirishishi natijasida yoriq atrofi metasomatitlari sodir bo‘lishi mumkin. Buning natijasida yon tevarak tog‘ jinslari metasomatik o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Bular skarnirovanie, greyzenizatsiya, okvarsevanie, seritsitizatsiya, xlorizatsiya va boshqalar. Gidrotermal jarayonda polimetall, (qo‘rg‘oshin, ruh), mis, oltin, simob, surma, volfram, molibden, qalay, vismut, nikel, kobalt ma’danlarining asosiy qismi hosil bo‘ladi. Bular – galenit, sfalerit, xalkopirit, sof tug‘ma oltin va kumush, kinovar, antimonit, volframit, molibdenit, kassiterit, vismutin, nikelin, kobaltin va boshqalar. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling