Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
4.6-rasm. Romboedr. a
b 4.7-rasm. Skalenoedrlar. a- tetragonal: b- ditrigonal Trapetsoedrlarning trigonal – olti yonli, trigonal dipiramidaga o‘xshash, tetragonal – sakkiz yonli, geksagonal – o‘n ikki yonli, geksagonal dipiramidaga o‘xshash xillari uchraydi. (4.8 - rasm) Yuqorida keltirilgan sodda shakllarning avval ta’riflangan uchtasi monoedr, diedr, pinakoidlar hamda rombik prizma, rombik piramida va rombik dipiramida simmetriaklik darajasi past bo‘lgan kategoriya kristallari uchun xosdir. Bular va bulardan keyingi hamma shakllar (kubik tetraedrdan tashqari boshqasi) simmetriklik darajasi o‘rtacha bo‘lgan kategoriya kristallari uchun xos shakllardir. 29 Kubik singoniya sodda shakllarining tashqi qiyofasi mavjud yuqori darajali simmetriya o‘qlari bilan belgilanadi. Kristallning har qaysi yoni singoniyada mavjud bir necha simmetriya o‘qi atrofida takrorlanadi. Shuning uchun simmetriklik darajasi yuqori bo‘lgan kubik singoniyaga mansub kristallar o‘ziga xos shakllarga ega. Ularni faqat shu singoniyaning o‘zidagina ko‘rish mumkin. Kubik singoniyada ko‘riladigan sodda shakllar quyidagilar: Tetraedr – teng, o‘xshash to‘rtta teng tomonli uchburchakli yonlardan iborat shakl. a b d 4.8- rasm. Trapetsoedrlar. a- trigonal: b- tetragonal: d- geksagonal trapetsoedr. Oktaedr – teng va o‘xshash sakkizta teng tomonli uchburchaklik yonlardan tuzilgan shakl. Bu yonlarining teng tomonli uchburchaklik ko‘rinishida bo‘lishi bilan tetragonal dipiramidadan farq qiladi. Tetragonal dipiramida esa sakkizta teng yonli uchburchaklik qiyofasidagi yonlardan iborat shakl edi. Kub – geksaedrning murakkablanishidan hosil bo‘ladigan shakllar (4.9-rasm b, d,e,f). Tetrageksaedr – kubning har qaysi to‘g‘ri to‘rtburchaklik ko‘rinishidagi yonlarining har biri to‘rtlangan, ya’ni kichik qirralar bilan to‘rtta uchburchaklikka bo‘lingan. Rombododekaedr – o‘n ikkita romb ko‘rinishidagi o‘xshash va teng yonlardan iborat shakl. 30 Pentagon dodekaedr – o‘xshash o‘n ikkita besh burchakli yonlardan tuzilgan shakl. Didodekaedr pentagon dodekaedrning har qaysi yonlarining ikkilanishidan hosil bo‘lgan. a b d e f Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling