Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Maxsus muharrir: Adilxanov K.X.- Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi Kristallografiya va mineralogiya fanlari – professori Taqrizchilar: Mirusmonov M.A. - TDTU, Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi kafedrasi dotsenti, g-m.f.n. Umarov A.Z. - O‘zbekiston Milliy Universiteti, “Mineralogiya va geokimyo” kafedrasi mudiri, dotsent. 3 Kirish Yer qobig‘ini tashkil etuvchi tog‘ jinslari bir yoki bir necha mineral turlarining yig‘indisidan iborat. Boshqacha qilib aytganda mineral tabiiy yo‘l bilan hosil bulgan kimyoviy birikma yoki kimyoviy element bo‘lib, yer qobig‘ini tashkil etuvchi tog‘ jinslarining tarkibiy qismidir. Shu tog‘ jinslari tarkibidagi o‘sha minerallarning deyarli hammasi kristallardir. Shuning uchun, geolog-injenerlar, geofiziklar, gidrogeologlar yer yuzi geologiyasini o‘rganadilarmi yoki qazilma konlarini qidiradilarmi, razvedka qiladilarmi, neft-gaz konlarini qidiradilarmi, yoki shu konlardan foydali qazilmalarni kavlab chiqaradilarmi, yer osti suvlarini o‘rganadilarmi, baribir shu minerallar-kristallar bilan ish olib boradilar. Hattoki tabiiy minerallardan hom- ashyo sifatida foydalanadigan ximik texnologlar ham o‘zlarining kundalik ish faoliyatlarida shu mineral-kristallardan foydalanadilar. Minerallarning o‘zi, kristallardan iborat ekan, minerallarni o‘rganishni kristallardan boshlash kerak. Chunki ularning shakli, tashqi ko‘rinishi, fizik va kimyoviy xususiyatlari ularning kristall tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, kristallografik qonunlarga bo‘ysunadi. Shunday ekan, mineralogiyani o‘rganuvchi har bir kishi avvalo kristallografiya fanini bilib olishi lozim. Shundagina u mineralogiya fani bilan shug‘ullanishi va uni o‘rganib olishi mumkin. Biz ham bu kitobni kristallografiyadan boshlashimiz kerak, buning uchun avvalo kristallografiya fanining rivojlanish tarixi bilan tanishib, kristallning o‘zi nima ekanligini bilib olmog‘imiz, undan keyin kristallarga xos boshqa qonunlarni o‘rganishga kirishmog‘imiz lozim. Mineralogiya yer qobig‘ini o‘rganuvchi geologiya fanlari jumlasiga kiradi. Bu fanning nomi tub ma’nosi bilan minerallar haqidagi fan demakdir. U minerallar va ularning kelib chiqishi haqidagi hamma masalalarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi paytda mineral deb tog‘ jinslarining bir-biridan kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari (rangi, yaltirashi, qattiqligi va h.k.) bilan ajralib turadigan tarkibiy qismiga aytiladi. 4 Genezisi jihatidan minerallar yer qobig‘ida sodir bo‘ladigan xilma-xil fizik- kimyoviy jarayonlarning tabiiy mahsulotlari – tabiiy birikmalardan (kamroq sof tug‘ma elementlardan) iboratdir. Shu mahsulotlarning ko‘pchiligi o‘zini tashkil etuvchi moddaning kimyoviy tarkibi va kristall tuzilishi bilan o‘zaro bog‘liq ravishda ma’lum kimyoviy va fizik xususiyatlarga ega bo‘lgan qattiq minerallar holida topiladi. Har qaysi mineralni, katta-kichikligidan qat’iy nazar, o‘zining fazoviy cheklanish doirasida, ma’lum darajada shartli ravishda bir jinsli kristallangan muxit deb qarash mumkin. Hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan minerallarning juda ko‘pchiligi mineral hom-ashyo sifatida muhim ahamiyatga ega. Bu turli minerallarning tarkibiga sanoat uchun qimmatli bo‘lgan biror metall (temir, marganets, mis, qo‘rg‘oshin, rux, qalay, vol’fram, molibden va boshqalar) bo‘lib, ularni ma’danidan ajratib olinadi. Boshqa minerallar (olmos, azbest, kvars, dala shpatlari, slyuda, gips, soda, mirabilit kabi minerallar) o‘zining qimmatli fizik yoki kimyoviy xususiyatlariga qarab, ma’lum maqsadlarda hom ashyo holicha qayta ishlanmasdan qo‘llaniladi yoki sanoat uchun zarur bo‘lgan sintetik birikmalar, qurilish materiallari va h.k. olish uchun ishlatiladi. Mineralogiya tabiiy kimyoviy birikmalar (minerallar) haqidagi fan bo‘lib, ularning tarkibi bilan kristall tuzilishi orasidagi o‘zaro bog‘lanish xususiyatlarini, paydo bo‘lish sharoitlarini va amaliy ahamiyatini tekshiradi. Shunga ko‘ra bu fanning oldiga qo‘yilgan vazifasi bir tomondan, shu fan bilan aloqador bo‘lgan boshqa fanlar (fizika, kimyo, kristallagrafiya, petrografiya, foydali qazilmalar va boshqalar)ning yutuqlari bilan, ikkinchi tomondan, foydali qazilma konlarini qidirish-razvedka qilish ishlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi lozim. Mazkur darslikdan 5311700 – Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha), 5313300 – Geologiya-razvedka ishlarining texnikasi va texnologiyasi, 5311800 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi yo‘nalishlari talabalari, hamda soha hodimlari foydalanishlari mumkin. 5 Qo‘llanmani tayyorlashda ko‘p yillar davomida oliy o‘quv yurtlarida “Kristallografiya va mineralogiya” fanidan dars bergan mutaxassislardan professor K.X.Adilxanov, Geologiya-qidiruv fakul’teti dekani dotsent A.M.Murtazayev, “Geologiya, mineralogiya va petrografiya” kafedrasi dotsenti B.T.Toshmuhamedov, kafedra mudiri dotsent N.Sh.Tulyaganova, katta o‘qituvchi B.I.Allayarovlar o‘z maslahatlari bilan salmoqli hissa qo‘shdilar. Mazkur qo‘llanmani tayyorlashda, matnlarni kompyuterda terishda Mahmudova K.Sh. hissa qo’shdi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muhtaram hamkasblarga muallif o‘z minnatdorchiligini izhor qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling