Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

1-BOB. KRISTALLOGRAFIYA 
1.1. Kristall moddalarni xususiyatlari 
Kristallografiya – kristallar to‘g‘risidagi fandir. U kristallarni tashqi 
ko‘rinishi, ichki tuzilishi, hosil bo‘lishi va xususiyatlarini o‘rgatadi. “Kristallos” 
grekcha sovuqdan qotgan degan ma’noni bildiradi. Greklar muzni va tog‘ 
xrustalini Shunday deb atagan edilar. Bunda ular muz va tog‘ xrustalini ham past 
temperaturalarda hosil bo‘lgan deb o‘ylagan edilar.
Keyingi paytlarda kristall deb, tabiatda va laboratoriya sharoitlarida hosil 
bo‘lgan, o‘z ko‘p qirrali formasiga ega bo‘lgan qattiq jismga aytiladi.
Tabiatda yaxshi qirralangan kristallar kam uchraydi. Uchragan paytda ham 
darzliklarda va tog‘ jinsi bo‘shliqlarida uchraydi, chunki u erlarda erkin rivojlanish 
xususiyatiga ega bo‘ladi. Kristallarni o‘lchamlari har xil bo‘lishi mumkin. 
Maydalari faqat mikroskopdagina ko‘rinadigan darajada bo‘lsa, yiriklari ayrim 
paytlarda 1m va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin.
Kristallar - tomonlar, qirralar va uchlarga ega bo‘ladi. Lekin kristallarni 
ichki tuzilishi qonuniy joylanishga ega bo‘lsa ham, ko‘p hollarda ular ko‘p qirrali 
yaxshi rivojlangan formaga ega bo‘lmaydi. 
Kristall moddalar tabiatda juda keng tarqalgan. Yer qobig‘ini tashkil 
qiluvchi har xil tog‘ jinslari kristall moddalardan iborat. Bizda ko‘p uchraydigan 
metallar va har xil qotishmalarni ichki tuzilishi, kristall tuzilishiga ega.
Kristall moddalar quyidagi xususiyatlarga ega:
1) anizotroplik – parallel yo‘nalish bo‘yicha bir xil xususiyatlarga ega 
bo‘lib, boshqa yo‘nalishlarda boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan 
moddalar anizotrop moddalar deyiladi. Bunda kristallarni fizik 
xususiyatlaridan issiqlik o‘tkazuvchanlik, qattiqlik, qayishqoqlik 
(uprugost’), nur o‘tkazish xususiyatlari yo‘nalishni o‘zgarishi bilan 
o‘zgarib turadi. Izotrop moddalarda esa, anizotrop moddalardan farqli 
ravishda hamma yo‘nalishda xususiyatlar bir xil bo‘ladi.



2) tekis tomonlar hosil qilish xususiyati - bunday xususiyatga faqat kristall 
moddalargina ega. Kristallar erkin o‘sganda o‘z ko‘p qirrali formasiga
qirralariga va uchlariga ega bo‘ladi.
3) simmetriklik - fazoda ma’lum o‘q atrofida o‘xshash tomonlarini qaytadan 
takrorlashi simmetriya deyiladi. Hamma kristallar simmetriklik 
xususiyatiga ega.
Yuqorida ko‘rsatilgan kristallarni xususityalari, ularni qonuniy ichki tuzilishi 
asosida kelib chiqadi. Kristallarni tashkil qilgan atom, ion va molekulalar qonuniy 
ravishda ma’lum tartibda joylashgan bo‘ladi. Ular joylashganda parallel qatorlarni 
tashkil qilib, zarralar orasidagi masofa doimo bir xil bo‘ladi. Kristall moddalardagi 
zarrachalarni joylanishidagi bu qonuniy joylanish geometrik tili bilan aytganda 
fazoviy panjara deyiladi. Fazoviy panjarani ko‘z oldimizga bo‘shliqlarni to‘ldirib 
turgan parallelepipedlar orqali keltirishimiz mumkin.
Kristallarni qonuniy ichki tuzilishi asosida unga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin. Atom, ion va molekulalari qonuniy ravishda joylashgan va o‘z ko‘p 
qirrali formasiga ega bo‘lgan qattiq jismga kristall modda deyiladi.
a) kristall b) amorf 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling