Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
2.1-rasm. Simmetriya markazi. ABD = A
1 B 1 D 1 ABAB = A 1 B 1 A 1 B 1 2.1-rasmda A nuqta berilgan bo‘lib, shu nuqtaning C markazi orqali aksi A 1 bo‘lsin, C nuqtaning simmetriya markazi bo‘lishi uchun AC bilan A 1 C kesmalari bir to‘g‘ri chiziq ustida yotishi, ikkinchidan shu kesmalar teng, ya’ni AC=A 1 C bo‘lishi kerak. Shu rasmda ko‘rsatilgan B va B I nuqtalar xam A va A I nuqtalar 12 kabi Shunday shartga javob beradi, ya’ni BC va B I C kesmalari bir to‘g‘ri chiziq ustida yotar ekan, xam BC = B I C bo‘lar ekan, geometriya qonunlariga muvofiq, AB kesmasi bilan A I B I kesmasi bir-biriga paraleldir. Bundan simmetriya markaziga ega bo‘lgan kristall qirrasi qarama-qarshi tomonda o‘ziga teng va parallel aksiga ega bo‘lishi kerak, degan xulosa kelishi mumkin. Shunday ekan, 2.1-rasmda ko‘rsatilgan kristallning a yonini cheklab turgan AB, BD va AD kesmalar – qirralar xam S markazi orqali o‘ziga teng va parallel bo‘lgan aksiga - A I B, B I D va A I D I kesmalarga ega bo‘ladi. Geometriyadan yana shu narsa ma’lumki, kesmalar qarama-qarshi tomonga o‘ziga paralel bo‘lib ko‘char ekan, shu kesmalar bilan cheklangan tekislik xam qarama-qarshi tomonga o‘ziga parallel ravishda ko‘chadi. Ko‘rilgan misolda ABD // A I B I D I ya’ni, kristalning yoni, 0 simmetriya markazi bo‘lgan xolda qarama-qarshi tomonga o‘ziga teng va paralell aksi – yoniga ega bo‘ladi. Demak, simmetriya markaziga ega bo‘lgan xar qanday kristall shakli qarama-qarshi tomonlarda joylashgan mos teng va parallel yonlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Shunga muvofiq amaliy ish paytida, berilgan kristall shaklida simmetriya markazining bor yo‘qligi xaqida qarama-qarshi yotgan yonlarning bir-biriga teng va paralelligiga qarab xulosa chiqariladi (2.1-rasm). Simmetriya markazi C xarfi bilan belgilanadi. Kristallar simmetriyasini ta’riflashda maxsus kristallografiya va mineralogiya kitoblarida simmetriya markazi yozilmaydi. Lekin mavjud boshqa simmetriya elementlarining teng ta’sir etuvchisi sifatida geometrik tasavvur etiladi, yoki I shaklda (faqat simmetriya markazining o‘zi bo‘lsa) yoziladi. 2. Simmetriya tekisligi. Kristall shaklida simmetriya tekisligi borligini aniqlash uchun, shu shakl ustidan uni teng ikki qismga ajratadigan qandaydir tekislikni o‘tkazish tasavvur etiladi. Masalan, 2.2-rasmda ABED kristall ko‘rsatilgan va bunda shu kristallni ikki qismga ajratilgan P va P I tekisliklar tasvir etiladi. P tekisligi o‘tkazilgan kristallning birinchi yarmidagi A uchi bilan ikkinchi yarmidagi B uchi, Shuningdek, E uchi bilan D uchlari bir-biriga mos o‘xshash 13 uchlaridir. Shu ko‘rsatilgan P va P I tekisliklarining simmetriya tekisligi bo‘lishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak : A) Kristallning mos uchlarining bir tekislikda yotishi, ya’ni A bilan B va E bilan D mos uchlarining P va P I tekislikdagi proeksiyasi, rasmida ko‘rsatilganidek, bir nuqtada bo‘lishi kerak. Shunday bo‘lar ekan ristallning A va B uchlari proeksiyasi n nuqtaga, E va D uchlarining proeksiyasi m nuqtaga tushadi va h.k. B) Kristallning har bir mos uchlari bilan shu uchlarining tasavvur etilgan simmetriya tekisligidagi proeksiyasi orasidagi masofa ham teng, Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling