Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

4.9-rasm. 
Geksaedr /a/ va uning murakkablanishidan xosil bo‘ladigan shakllar: 
Tetrageksaedr /b/ rombik dodekaedr /d/ pontagondodekaedr /e/ 
didodekaedr /f/ 
Tetraedrlarning murakkablanishidan iborat shakllar (4.10-rasm) 
Trigon – tritetraedr – tetraedrdagi uchburchaklik ko‘rinishdagi yonlarning 
har birini uchlanishi, ya’ni kichik qirralar bilan uchta uchburchaklikka ajralishidan 
hosil bo‘lgan shakl. 
Tetragon – tritetraedr – bunda ham tetraedr yonlarining har biri uchlangan
ya’ni kichik qirralar bilan uchta to‘rt burchaklikka ajralgan.
Pentagon-tritetraedr – bunisida ham tetraedrning yonlari uchlangan, 
yonlarining har biri uchtadan besh burchaklikka ajralgan.


31 
Geksatetraedr yonlarining har biri oltitadan, ya’ni oltita uchburchaklarga 
ajralgan. 
a b d e f 
4.10-rasm. 
 Tetraedr /a/ va uning murakkablanishidagi xosil bulgan shakllar trigontritetraedr 
/b/ tetragontriteritetraedr /d/ pentagontritetraedr /e/ geksatetraedr /f/. 
Oktaedrning murakkablanishidan iborat bo‘lgan shakllar (4.11-rasm) 
Trigon trioktaedr – bunda ham oktaedrning yonlari uchlangan ya’ni uchta 
to‘rt burchakliklarga ajralgan, bu ham yigirma to‘rt yonli shakldir. 
Tetragontrioktaedr – bunda ham oktoedrning yonlari uchlangan ya’ni uchta 
to‘rtburchaklarga ajralgan, bu ham yigirma to‘rt yonli shakldir. 
Pentagon trioktaedr – oktaedrning yonlari uchlangan – uchta besh 
burchaklikka ajralgan enantimorf shakldir. Shuning uchun chap (so‘l) va o‘ng 
ko‘rinishlari ham bo‘ladi. 
Geksaoktaedr – oktaedr yonlarining oltilanishi – kichik qirralar bilan oltita 
uchburchakliklarga ajralishidan hosil bo‘lgan shakl. 
Didodekaedr pentagon dodekaedrning har qaysi yonlarining ikkilanishidan 
hosil bo‘lgan shakl. 
Bulardan pentagon tritetraedr va pentagon trioktaedr enantimorf shakllar 
bo‘lganligi uchun chap (so‘l) va o‘ng ko‘rinishlarga ega.


32 
a b d 
e f 
4.11-rasm.
a- oktaedr, b-trigon trioktaedr, d-tetragontrioktaedr 
e-pentagontrioktaedr , f- geksaoktaedr
 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling