Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Sharlarni zich joylashishi
6. Kristallokimyo Qadim paytlardan boshlab kishilar kristallarni o‘rganganda, asosan ularni morfologik xususiyatlarini o‘rganganlar, ya’ni ular asosan geometrik kristallografiyadan foydalanib, ularni tashqi ko‘rinishi, tomonlari orasidagi burchak, har xil geometrik shakllari va ularni proeksiyalarini o‘rganganlar. Lekin keyingi paytda minerallarni o‘rganishda yangi fan kristallokimyoni roli juda kuchayib ketdi. Kristallokimyoni asosiy vazifalaridan biri minerallarni kimyoviy tarkibini ularning ichki tuzilishi ya’ni strukturasi, simmetriyasi va xususiyatlari bilan birgalikda tekshirishdir. Chunki eslatib o‘tganimizdek kristallarni asosiy xususiyatlari ularning ichki tuzilishi, ya’ni atom va ionlarning bir-biriga nisbatan joylanish qonuniyatlari asosida kelib chiqadi. Bunga qadimdan asos solingan bo‘lib, bularga M.V. Lomonosov va R.J. Ayuini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ular o‘sha paytlarda kristallarni o‘zlashtirganda, ularni asosiy xususiyatlari va shakllari ichki tuzilish asosida kelib chiqishini isbotlaganlar. 7. Sharlarni zich joylashishi Kristallokimyoda bajarilgan ko‘pgina ishlar kristallarda atom va ionlarni joylashishi, sharlarni zich joylashish qonuniyatlariga asoslangan. Potensial energiya qonuniyatlariga asosan har bir atom boshqa atomlar bilan ko‘proq bog‘lanishga ega bo‘lishiga harakat qiladi. 35 Bu ko‘proq koordinatsion songa ega bo‘lgan strukturalarni hosil bo‘lishiga olib keladi. 7.1-rasm. Geometrik tekshirish shuni ko‘rsatdiki, fazoda atomlarni joylashishida ular bir hil radiusga ega bo‘lganida (bir hil atomlardan tuzilganda) ularni uch o‘lchamda zich joylashishi quyidagicha bo‘lishi mumkin. Zich joylashishni bir qavati quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi. 7.1-rasmdagi kesimda (sharlar orasidagi) uchburchak bo‘shliqlarga ahamiyat beraylik. Tasvirlangan qavatda ikki xil bo‘shliqni kuzatishimiz mumkin M va N. M tipidagi bo‘shliqlarda uchburchakni uchlari Yuqoriga qaragan bo‘lsa, N holatida esa u pastga qaragan bo‘ladi. Tasvirga yana ahamiyat bersak, uchburchak sifatidagi bo‘shliqlar yoki sharlar orasidagi bo‘shliq sharlarga nisbatan ikki baravar ko‘pligini kuzatamiz, chunki har bir shar atrofida oltita bo‘shliq mavjud va har bir bo‘shliq o‘z atrofida uchta sharga ega va bundan bir sharga 6 bo‘shliq joylashishi kelib chiqadi. Birinchi qavat ustiga ikkinchi va uchinchi qavatlarni joylashtirib ikki xil sharlarni joylashishiga ega bo‘lamiz. 36 Birinchi xol, sharlarni uchinchi qavati birinchi qatorga o‘xshash joylashgan bo‘lib, sharlarni geksagonal zich joylashishiga to‘g‘ri keladi. Sharlarni geksagonal zich joylashishida toq qavat bir-biriga o‘xshagan bo‘lib, qaytarilib, juft qavatlar esa bir-biri bilan bir xil takrorlanadi. Geksagonal joylashish ikki xil qavat bilan xarakterlanadi A va B (uchinchi qavat birinchini takrorlaydi, to‘rtinchi esa ikkinchini va hokazo). Shunga asoslanib geksagonal joylashish ikki qavatli zich joylashish deb ataladi. Ikkinchi xol, bunda uchinchi qatordagi sharlar ikkinchi qavatdagi bo‘shliqlar ustida joylashgan bo‘lib, kubik zich joylashishga ega bo‘ladi. Shuni ta’kidlash keraki, geksagonal zich joylashishda qaytariladigan qavatlar bir qavatli bo‘shliqqa ega bo‘lsa, kubik xolatda esa ikki qavatli bo‘ladi. Sharlarni kubik xolatda zich joylashishi, qavatlarni uch xil holatda joylashishi bilan xarakterlanadi A,B,C (to‘rtinchi qavat birinchini, beshinchi – ikkinchini, oltinchi – uchinchini va hokazo takrorlaydi). Shunga asoslanib kubik holatda zich joylashishini, uch qavatli zich joylashish deb ataladi. Ko‘pgina kimyoviy elementlarni kristallari zich joylashish strukturasiga ega bo‘ladi. Metall xolidagi Cu, Au, Ag kristallaridagi atomlarni joylanishi kubik holatidagi zich joylashishga to‘g‘ri keladi. Mg, Zn, Be kabi elementlardagi atomlarni joylashishi geksagonal zich joylashish qonuniyatiga to‘g‘ri keladi. Kimyoviy birikmalarni strukturalarida esa, har xil atomlardan tuzilgan bo‘lgani uchun, ancha mukammal bo‘lgan joylashishini kuzatishimiz mumkin. Lekin bu vaziyatni ham sharlarni zich joylashish qonuniyati asosida, strukturalarni fazoviy ravishda analiz qilishimiz mumkin. Ko‘pgina mineral strukturalarini fazoviy panjaralarida yirik atomlar bilan birga (masalan kislorod bilan oltingugurt) mayda kationlar uchraydi. Shuning uchun bu strukturalarda anionlar sharlarni zich joylashish qonuniyatlariga asosan joylashsa, kationlar esa ular orasidagi bo‘shliqlarda joylashgan bo‘ladi. Xuddi Shunday strukturalarga ko‘pgina metall, karbid, borid va Shunga o‘xshash bo‘lgan intermetall birliklar misol bo‘ladi. Bunday birikmalarda sharlarni zich joylashishi holatini yirik metall atomlari 37 egallasa, ular orasidagi bo‘shliqni esa mayda o‘lchamli B, Si, N, N atomlari egallaydi. Mayda o‘lchamli atom va ionlarni zich sharlar orasidagi bo‘shliqlarda joylashishi, o‘sha bo‘shliqni soni, o‘lchami va formasiga bog‘liq bo‘ladi. Kristallokimyo qonuniyatlariga asosan, fazoviy panjaralarda atom va ionlarni joylashishi, sharlarni zich joylashish qonuniyatiga asosan sharlar ko‘pi bilan 74,05 % hajmni egallasa, qolgan qismi bo‘shliqqa to‘g‘ri keladi. Bunday bo‘shliq ikkiga bo‘linadi. Birinchi bo‘shliq to‘rt shar bilan o‘ralgan bo‘lib, tetraedr shakliga, ikkinchisi esa olti shar bilan o‘ralgan bo‘lib, oktaedr shakliga ega bo‘ladi. Hisoblashlar bo‘yicha, sharlarni zich joylashishida tetraedrik bo‘shliqlar oktaedrlik bo‘shliqlarga nisbatan ikki baravar ko‘p bo‘ladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, bir sharga bir oktaedrik va ikki tetraedrlik bo‘shliq to‘g‘ri keladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling