Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
e f g
8.2-rasm. a - gantel’, b – treugol’nik, d – tetraedr, e – oktaedr, f – kub, g – kubooktaedr Ayrim kristall strukturalari bilan tanishib chiqamiz. NaCl strukturasi ion radiusi Na 1+ =0,98 Å; Sl 1- =1,81 Å. Nisbati R k + R a = 0,98 1,81 = 0,54 demak bularni koordinatsion soni, 6 ga teng. Demak natriy kationi atrofida oktaedrni uchlarida 6 ta Sl anion joylashgan. 8.3-rasm. Galit strukturasi. 8.3-rasmda galit (NaSl) strukturasini fazoviy panjarasi keltirilgan. Natriy kationini Na 1+ oktaedr koordinatsiyasi bo‘yicha joylashganini ko‘z oldimizga 40 keltirish uchun, chizmadagi sharlarni siqib, bir-biriga yaqinlashtirib zichlashtiramiz. Bunda o‘rtada turgan shar Na 1+ kationi 6ta Sl 1- anioni bilan o‘ralgan. Bundan ko‘rinib turibdiki NaSl strukturasida Sl aniaonlarini atrofidagi hamma oktaedrik bo‘shliqlarni zich joylashgan holda natriy kationlari to‘ldirib turibdi. Kristallardagi atomlarni joylanish qonuniyatlarini aniqlab, E.S. Fedorov 1890 yili fazoda atomlarni 230 xilda joylanish qonuniyatlarini aniqladi. Kristall strukturalarini asosini atom tashkil qilib, u musbat zaryadlangan yadrodan iborat bo‘lib, uni atrofini o‘rab olgan manfiy zaryadlangan elektron qavatlardan iborat. Manfiy va musbat zaryadlangan atomlar, ion deb atalib, ular kation va anionlardan iborat. Atom va ionlar sferik formaga ega bo‘lib, ma’lum hajmga ega. Har bir atom sferasini radiusi (boshqa atomlardan ajrab turgan) atom radiusi deyiladi. Har bir ion sferasini radiusi (boshqa ionlardan ajrab turgan) ion radiusi deyiladi. Atom va ion radiuslari birligi qilib angstrem qabul qilgan Å=10 -10 m. (yoki naometrlarda: 1nm=10 -9 m) Elementlarni atom va ion radiusi bo‘yicha taqsimlanishiga axamiyat bersak, D.I. Mendellev jadvalidan quyidagi qonuniyatlar kelib chiqadi. 1. Vertikal qatorlar bo‘yicha kationlarni ion radiusi yuqoridan pastga qarab ortib boradi. 2. Gorizontal qatorlar bo‘yicha chapdan o‘ngga qarab ion radiuslar kamayib boradi. 41 Qolgan qismi bo‘shliqqa to‘g‘ri keladi. Bo‘shliqlar tetraedr shakliga (to‘rt shar oralig‘ida) va oktaedr (6 shar oralig‘ida) ega bo‘ladi. Bo‘shliqlarda asosan kationlar joylashgan bo‘lib, ularni o‘lchami (radiusi) anionlardan kichik bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, fazoviy panjaradagi asosiy joyni, kattaroq o‘lchamga ega bo‘lgan anionlar egallab, ular orasidagi bo‘shliqda kationlar joylashgan bo‘ladi. Sharlarni zich joylashish qonuniyatiga asosan, atom va ionlarni markazlari orasidagi masofa asosan shu strukturani tashkil qilgan atom va ionlarni radiusi bilan o‘lchanadi. Rentgenostruktur analiz yordamida atomlar va ionlar orasidagi masofani, ya’ni radiusni o‘lchash mumkin. Ion radiusni o‘lchash uchun bir ionni radiusini o‘lchash kifoyadir. N.V. Belov va G.V. Bokiy buni o‘lchashda kisloroddan O 2- =1,36 Å foydalanadi. Ion bog‘lanishli strukturalarda kationlar va anionlar ishtirok etadi (qarama- qarshi zaryadli ionlar). Bir ionni o‘rab turgan qarama-qarshi zaryadli ionlar soni koordinatsion son deyiladi. Koordinatsion son kation radiuslarini R k , R a anion radiuslari bilan R a nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Eng mustahkam struktura yirik o‘lchami anionlar markazida kichik o‘lchamli kation joylashgan paytda yuzaga keladi. (8.4-rasm) Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling