Kristallografiya va mineralogiya
-rasm. Nazorat savollari
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
8.4-rasm.
Nazorat savollari: 1. Koordinatsion son deb nimaga aytiladi? 42 2. Ion radiuslari nima bilan bog‘liq? 3. Oktaedrning koordinatsion soni nechta? 9. Kristallarni yonlari orasidagi burchaklarni doimiylik qonuni va kristallarni o‘lchash Bir moddaning muayyan sharoitlarda yuzaga kelgan bir xil modifikatsiyasini, kristall shakllaridagi mos yonlari (qirralari) orasidagi burchagi, o‘sha kristallarning tashqi qiyofasi va katta kichikligidan qat’iy nazar, doimiy – o‘zgarmasdir. Bu kristallografiyaning birinchi muhim geometrik qonunidir. Bu qonunga asosan kristall shakllarini mos yonlari orasidagi burchagiga qarab, ularning qanday modda kristali ekanligini juda ko‘p vaqt oladigan va qimmatga tushadigan kimyoviy analiz qilib ko‘rmasdan, bilish mumkin. Bunday usul E.S. Fedorov tomonidan ishlab chiqilgan va shu sohada maxsus qo‘llanma aniqlovchi yozilgan. Bundan tashqari, kristallning bir qismi bo‘lagi topilgan xolda, o‘sha kristall shaklining butun geometrik qiyofasini ko‘z oldimizga keltirishda va uni hisoblab chiqishda ham shu qonunga asoslanadi. Shunchalik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu qonunning nazariy asosi kristallarning paydo bo‘lishi va rivojlanish jarayoni bilan bog‘liq – ularning ichki qonuniy tuzilishidir. Ma’lumki, o‘sish, rivojlanish jaroyonida kristallarning yonlari avvalgi xolatiga nisbatan parallel ravishda o‘sadi. Bu demak, kristallarning shakli qanchalik katta yoki kichik bo‘lmasin, ularning yonlari orasidagi burchak, boshlang‘ich kristall paydo bo‘lib, boshlangan davrdagi shakl yonlari orasidagi burchak bilan tengdir, ya’ni bu burchaklar fazoviy panjara elementar yacheykasi burchaklari bilan, bular esa shu kristallni tashkil etuvchi kimyoviy modda tarkibi bilan bog‘liqdir. Kristallarni tomonlari orasidagi burchakni o‘lchash uchun maxsus ishlab chiqilgan burchak o‘lchaydigan asboblar goniometrlardan foydalaniladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling