47
11. Kristallarni strukturasini tekshirish
E.S. Fedorov 1890 yil kristallarni tuzilish nazariyasini tekshirib, kristallarni
230 xil fazoviy panjaraga ega bo‘lishini
aniqladi, ya’ni
kristallardagi fazoviy
panjaradagi atomlarni joylashishi qonuniyatini aniqladi.
Keyingi paytda
rentgenostruktur analizini ixtiro qilinishi E.S.Fedorov
qilgan xulosalarni
butunlay tasdiqladi (Bundan burun M.V.
Lomonosov, R.J.
Ayui va boshqa
olimlar taxmini).
1895 yil V.K.Rentgen ajoyib nurni ixtiro qildi.
U nur har xil jismlardan
o‘tganda sinmadi va qaytarilmadi. Bu nur juda g‘alati bo‘lib Rentgen bu nurni
X-nur deb atadi.
1912 yil Maks Fon
Laue Shunday xulosaga keldiki, V.K.Rentgen
ixtiro
qilgan X-nuri shunday kichik to‘lqin uzunligiga egaki, insoniyat shu paytgacha
ixtiro qilgan difraksion panjaralar juda qo‘pol bo‘lib qoldi.
Shundan keyin, agar kristallar qonuniy ichki tuzilgan fazoviy panjaraga ega
ekan, ularni qonuniy ichki tuzilishini tabiiy fazoviy panjara sifatida foydalanish
mumkin emasmi degan muammo paydo bo‘ldi. Qilingan tajribalar, kristallardan
rentgen nuri o‘tganda ulardan qonuniy ravishda tarqalishini isbotladi.
Kristalldan rentgen nur o‘tganda kristalldan keyin qo‘yilgan fotoplastinkada
kristalldan o‘tib tarqalgan nur dog‘lari hosil bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: