Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Laue metodi sxemasi
48 Fotoplastinkadagi dog‘larni joylanishi (Lauegramma), kristallardagi atomlarni joylanishi bilan bog‘liqligi aniqlandi yoki oddiy til bilan aytganda lauegramma simmetriyasi kristallar simmetriyasini qaytarib namoyish qildi. Rentgen nurlari asosida olingan lauegrammani taqqoslash kristallga tushib tarqalayotgan nurlar yordamida tekshirilayotgan kristalldagi hamma simmetriya elementlarini aniqlash mumkinligini ko‘rsatdi. Fotoplastinkadagi dog‘larni zichligi kristallar strukturasidagi elektron qavatlarning zichligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. M.Laue tajribasi X-nurlarning tabiiy to‘lqin xususiyatini tasdiqladi va Shundan so‘ng Rentgen nurlari deb ataladigan bo‘ldi va bular kristall moddalarni qonuniy ichki tuzilishga ega bo‘lgan fazoviy panjaralardan iborat ekanligini tasdiqladi. Shundan so‘ng kristallarni ichki tuzilishini rentgen nurlari asosida tekshirish boshlandi. U.Bregg va G.V.Vul’f kristallardagi qavatlar orasidagi masofani (mejploskostnie rasstoyaniya), rentgen nurlarini to‘lqin uzunligi bilan bog‘liqligi formulasini hisoblab chiqdi, Shundan so‘ng hozirgi zamondagi kristallokimyo va qattiq jismlar fizikasini asosi bo‘lgan rentgenostruktur analizni taraqqiyoti va rivojlanishi boshlandi. Kristallograflar va fiziklar tomonidan ko‘pincha rentgen yordamida tekshirish usullari o‘ylab chiqildi. Hozirgi paytda asosiy bo‘lgan minerallarni kristall strukturalarni muhim xususiyatlari o‘rganib chiqildi. Kristall strukturalarda asosiy hal qiluvchi bo‘lib atom hisoblanadi.Atom musbat zaryadlangan yadrodan iborat bo‘lib, atrofi esa o‘rab olingan elektron qavatlardan iborat. Yadroni zaryadi bilan elektron qavatlarni zaryadi bir-biriga teng bo‘lmagan holda manfiy yoki musbat zaryadlangan zarrachalarga ya’ni ionlarga ega bo‘lamiz. Manfiy yoki musbat zaryadlangan atomlar ion deb ataladi. Manfiy zaryadlangan ion anion deb, musbat zaryadlangan ion esa kation deb ataladi. Atom va ionlar sferik formaga va ma’lum hajmga ega bo‘lib, boshqa atom va ionlardan ajralib turadi. Shuni hisobga olish kerakki, qarama-qarshi 49 zaryadlangan zarrachalar orasida, bir-biriga tortilish kuchidan tashqari ma’lum miqdorda itarilish kuchlari ham bo‘ladi. Itarilish kuchlari asosan ionlarni bir- biriga juda yaqinlashgandagina sodir bo‘lishi mumkin, chunki birxil zaryadlangan (manfiy) elektron qavatlar ayrim paytlarda bir-biriga juda yaqinlashib qo‘shilib ketishi ham mumkin. Ikki ionning tortishish kuchi asosan shu ionlarning bir-biriga tortilish va itarilish kuchi baravarlanguncha davom etadi. Bizga ma’lumki strukturalarni tashkil qilgan zarrachalarni markazlari orasidagi masofa, shu ionlarni bir-biri bilan tortilish va itarilish kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Turli kimyoviy elementlarning atom va ion tuzilishi turlicha bo‘lganligi sababli, ular orasidagi kuch ham turlicha bo‘lib, bu bilan bog‘liq ravishda ular orasidagi masofa ham har xil bo‘ladi. Shu sababli har xil kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan birikmalar turlicha kristall strukturaga ega bo‘lgan holda kristallanadi. Kristall strukturalarni tekshirganda asosiy e’tiborni struktura birliklari (ion, atom va boshqalar) orasidagi masofaga qaratish kerak. Bu bilan bog‘liq ravishda muhim axamiyatga ega bo‘lgan struktura birliklarini bir-biriga qancha masofagacha yaqinlashish mumkinligini (minimal masofa) aniqlash zarur. Shu maqsadda har bir atom va ionning ta’sir doirasi (sfera deystviya) aniqlanadi, chunki shu ta’sir doirasi ichiga hech qanday atom va ion kira olmaydi. Shu ta’sir doirasi atom va ionning ta’sir doirasi deb ataladi. Va buning radiusi atom va ion radiusi deyiladi. Ushbu atomning (ion) ta’sir doirasi markazi bilan qo‘shni atomning (ion) ta’sir doirasini bir-biriga yaqinlashish mumkin bo‘lgan eng kichik masofa effektiv atom (ion) radiusi bo‘ladi. Atom va ion radiuslari angstrem bilan o‘lchanadi 1Å= 10 -10 m (yoki nanometrda: 1 nm = 10 -9 m). Elektr maydoni ta’sirida ionni ta’sir doirasini shakli deformatsiyalanishi mumkin, bunday deformatsiyalar ionni qutblanishi deyiladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling