Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.3. Metalli bog‘lanish
- 12.4. Van-der-Vaal’s bog‘lanish
- 12.5. Vodorodli bog‘lanish
12.2. Kovalentli bog‘lanish
Atomlar orasidagi bu bog‘lanish atomlarni juft-juft elektronlar hosil qilish yuli bilan amalga oshadi. Kovalent bog‘lanish juda mustahkam kristall strukturalarga ega bo‘ladi. Buni S1 2 misolida kurinishimiz mumkin. S1 ni tashki qavatidagi elektronlar soni 7 ta uni 8 qilish uchun bitta elektron kerak. Shuning uchun bular juft-juft bo‘lib, tashki qavatini 8 ta qilib, mustahkam molekulani hosil qiladi. Agar Se ni misol qilib olsak, uni tashki qavatida 6 ta elektron bo‘lib, uni 8 ta qilish uchun, zanjir hamda joylashgan kristall strukturani hosil qiladi. 12.3. Metalli bog‘lanish Bu bog‘lanish asosan metallar uchun harakterlidir. (Ai, Si). Bu bog‘lanish asosan fazoviy panjaradagi elektronlarni bir xil taksimlanishi bilan xarakterlanadi. Bu struktura musbat zaryadlangan ionlar bilan xarakterlanib juda mustahkam strukturaga ega bo‘ladi. 12.4. Van-der-Vaal’s bog‘lanish Bu bog‘lanish asosan molekular orasida bo‘lib, mustahkam strukturaga ega emas. Bu bog‘lanish asosan inert gazlar orasida ko‘proq uchraydi. 52 12.5. Vodorodli bog‘lanish Bu asosan vodorodni xar xil strukturalarda ishtirok etishi bilan bog‘liq bo‘lib, van-der-vaal’s bog‘lanishga nisbatan biroz mustakkam bo‘lib, boshqa bog‘lanishlarga nisbatan ancha bush hisoblanadi. Bu bog‘lanish ayrim Hollarda alohida ko‘rilsa, ayrim hollarda Van-der-vaal’s bog‘lanish bilan birga ko‘riladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mineral olamida geterodesmik va ion bog‘lanishlar ko‘prok uchraydi. Ion bog‘lanish asosan silikatlar va kislorodli birikmalar uchun xarakterlidir. Oksidlar va gidrooksidlar uchun ion-kovalent bog‘lanish xarakterlidir. Bunda ion bog‘lanish ko‘proq uchraydi. Galogenidlar gruppasi uchun ion bog‘lanish xarakterlidir. Atom bog‘lanish minerallarda juda kam uchrab, olmos uchun juda xarakterlidir. Sul’fidlar uchun ion-kovalent bog‘lanish xarakterli bo‘lib, kovalent ko‘prok uchraydi. Metall bog‘lanish asosan sof tug‘ma elementlar uchun xarakterlidir. (Si, Ai, Ag, Rb) Molekulyar bog‘lanish minerallar uchun xarakterli bo‘lmay, organik birikmalarda uchraydi. Kristallokimyo qonuniyatlariga asosan fazoviy panjaralarda atom va ionlarni joylashishi, sharlarni zich joylashish qonuniyatlariga asoslangan bo‘lib, bunda sharlar 74.05% bo‘ladi. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling