Kristallografiya va mineralogiya


 Minerallar chizig‘ining rangi


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

15.2. Minerallar chizig‘ining rangi 
Mineral bo‘lagining yuzasida kuzatadigan mineral rangidan tashqari, yana 
mineral chizig‘ining rangi kabi xususiyati ma’lum. Mineral chizig‘ining rangi 
tekshirilayotgan mineralni kukun holiga keltirib, biskvit deb aytiladigan chinni 
taxtachaga chizish yordamida aniqlanadi. Chinni taxtachadagi mineral kukuni 
qoldirgan iz, ya’ni rangli chiziq, mineral rangiga qaraganda ancha o‘zgarmas 
bo‘lib, birmuncha ishonchli belgi hisoblanadi. 
Psevdoxromatik rangga ega bo‘lgan minerallarning chizig‘ining rangi odatda 
oq bo‘ladi. Alloxromatik rangga ega bo‘lgan minerallarning rangi, ularning 
tarkibiga qanday element aralashganligi bilan bog‘liq ravishda o‘zgaradi. 
Metallsimon yaltiraydigan minerallar chizig‘ining rangi odatda turli tusdagi 
qoramtir yaltiraydigan ranglarda bo‘ladi. 
Ayrim paytlarda minerallar chizig‘ining rangini aniqlash, o‘sha 
aniqlanayotgan mineralning kimyoviy tarkibini ham aniqlashga yordam beradi. 
Masalan, rux aldamchisining ZnS (temir aralashmagan, kleyofan) chizig‘ining 
rangi ochiq sariqdan rangsizgacha bo‘lib, temir aralashgan (Zn,Fe)S (marmatit) 
xilining rangi qoramtir-jigarrang bo‘ladi. Volframitning (Mn,Fe)WO
4
chizig‘ining 
rangini aniqlaganda, uni MnWO
4
(gyubnerit) tarkibiga ega bo‘lgan xilida sarg‘ish-
qo‘ng‘ir rang bo‘lsa, FeWO
4
(ferberit) xilida qoramtir yoki deyarli qora bo‘ladi. 
Tabiatda ko‘pincha bir mineralning o‘zi goh zich massa, goh kukunsimon 
bo‘lib topiladi. Bu xillarining rangi ko‘pincha bir-biridan keskin farq qiladi. 
Limonitning zich massa bo‘lgani qora, kukunsimon xili esa sarg‘ish-qo‘ng‘ir; 
gematitning kristallangan xili deyarli qora, kukunsimon xili esa tiniq qizil ekanligi 
bunga misol bo‘lishi mumkin. 
Lekin tabiatda ko‘pgina minerallarda o‘zining rangi ham chizig‘ining rangi 
bilan bir xildir. Masalan malaxitning ikkala ko‘rinishidagisi ham yashil
kinovarniki qizil, auripigmentniki sariq bo‘ladi. 


65 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling