Kristallografiya va mineralogiya


 Minerallarning yaltirashi


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

15.3. Minerallarning yaltirashi 
Minerallarning yaltirashi uning eng muhim diagnostik belgilaridan biri 
bo‘lib, ayrim minerallarda, ya’ni qimmatbaho toshlarda, ularning qadr-qiymatini 
ham belgilaydi. 
Mineral yuzasiga tushayotgan yorug‘lik nuri mineral yuzasidan, qisman 
qaytarilib, qisman sinadi va yutiladi. Shu mineral yuzasidan qaytgan nur yaltirash 
to‘g‘risida tushuncha beradi. 
Mineral yuzasiga tushayotgan nurni qaytarish qobiliyati optik konstanta 
hisoblanib qaytarish ko‘rsatkichi deyiladi. Minerallarning qaytarish ko‘rsatkichini 
fotometr yordamida aniq o‘lchash mumkin. Minerallarning qaytarish ko‘rsatkichi 
mineral yuzasidan qaytgan yorug‘lik nurining mineral yuzasiga tushayotgan 
yorug‘lik nuriga nisbati bilan o‘lchanadi. 
Minerallarning qaytarish ko‘rsatkichi Frennel formulasi yordamida 
hisoblanib, doimo birdan kichik miqdorda bo‘ladi. 
2
1
1
N
N
R
R – qaytarish ko‘rsatkichi; 
N – mineralning havoga nisbatan o‘rtacha sindirish ko‘rsatkichi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan formulaga asoslanib qaytarish ko‘rsatkichini sindirish 
ko‘rsatkichiga bog‘liqligini chizma orqali ko‘rsatish mumkin (15.1-rasm). 
15.1-rasm. Minerallar nur qaytarish ko‘rsatkichining nur sindirish ko‘rsatkichi 
bilan bog‘liqligi 


66 
Qaytarish ko‘rsatkichini foiz miqdorida ifodalab, tushgan yorug‘lik
miqdorini 100 deb hisoblaymiz. Ayrim minerallarning qaytarish ko‘rsatkichi 15.1-
jadvalda belgilangan. 
15.1-jadval 
Minerallar yaltirashi klassifikatsiyasi (raqamlar Li va Na yorug‘lik nuri uchun) 
Yaltirash nomi 
Sindirish 
ko‘rsatkichi 
Qaytarish 
ko‘rsatkichi 
foiz 
miqdorida 
Xarakterli 
minerallar 


Shishasimon
1,3-1,9 
4-10 
Muz Flyuorit 
Kvars 
Korund
Granatlar
1,309 
1,434 
1,544 
1,768 
1,763- 
1,895 

3,1 
4,5 
7,8 
7,6-
9,5 
Olmossimon
1,9-2,6 
10-19 
Sirkon
Kassiterit
Sfalerit
Olmos
Kolumbit
1,95 
2,00 
2,37 
2,419 
2,45 
10,2 
11,7 
16,5 
17,2 
17,4 
Yarim 
metallsimon 
2,6-3,0 
19-25 
Kinovar
Gematit
2,85 
3,0 
23,1 
25,0 
Metallsimon 
>3,0 
>25 
Antimonit
Molibdenit
4,046 
4,7 
36,0 
42,0 
Minerallarning nurni qaytarish ko‘rsatkichiga, sindirish ko‘rsatkichidan 
tashqari, mineral tomonidan nurni yutish ko‘rsatkichi (K) ham ta’sir qiladi. 
Mineralning nurni yutish ko‘rsatkichini hisobga olgan taqdirda mineralning 
qaytarish ko‘rsatkichini aniqlash quyidagi formula orqali aniqlanadi: 


67 
2
2
2
2
2
2
)
1
(
1
K
N
N
K
N
N
R
Agar tabiatda uchraydigan minerallarning hammasini o‘ziga xos yaltirashiga 
nisbatan ajratadigan bo‘lsak, u holda sindirish ko‘rsatkichi 1,5-1,7 qiymatga ega 
bo‘lgan minerallarning keng tarqalganligini yaqqol ko‘ramiz. Hisoblashlarning 
ko‘rsatishicha shishadek yaltiraydigan minerallar sindirish ko‘rsatkichi 1,9 dan 
ortiq bo‘lmagan tabiiy birikmalarning 70% ga yaqinini tashkil qiladi. Bundan 
keyingi o‘rinda amaliy ahamiyati jihatidan muhim bo‘lgan ko‘pgina minerallarga 
xos bo‘lgan metalldek yaltirash turadi. Bu xususiyat ayrim minerallar uchun juda 
xarakterli bo‘lganligi uchun ularning nomi ham, ushbu xususiyatiga qarab 
belgilangan. Masalan: Galenit (qo‘rg‘oshin yaltirog‘i), pirit (15.2-rasm), xalkozin 
(mis yaltirog‘i), antimonit (surma yaltirog‘i), kobaltin (kobalt yaltirog‘i), gematit 
(temir yaltirog‘i) va hokazo. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling