Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psevdoxromatik
Alloxromatik rang. Grekchadan tarjima qilinganda «allos» - tashqi, o‘zga
degan ma’noni bildiradi. Bir mineralning o‘zi tabiiy sharoitlarda bir necha xil rang va tuslarda uchrashi mumkin. Masalan: Kvars (SiO 2 ) har xil ranglarda uchrab, uning shaffof rangsiz xili - tog‘ xrustali, binafsha rangli xili - ametist, tilla rang sariq xili – sitrin, qoramtir rangli shaffof xili - morion deb ataladi. Xuddi shunga o‘xshash tosh tuz – galit (NaCl) – oq, kulrang, qo‘ng‘ir, pushti va ba’zan ko‘k bo‘lishi mumkin. Bir xil tarkibga ega bo‘lgan minerallarning bunday bir necha xil ranglarda uchrashi, tashqaridan mexanik aralashmalar sifatida kirgan rang beruvchi xromofor elementlarga bog‘liqdir. Bu rang beruvchi aralashmalar ham organik, ham 63 anorganik birikmalardan iborat bo‘lishi mumkin. Xromofor, ya’ni rang beruvchi elementlar minerallarga juda oz miqdorda aralashganda ham rangni o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Minerallarning strukturasiga kirgan asosiy elementlar bilan bog‘liq bo‘lmagan bu rang alloxromatik rang deyiladi. Psevdoxromatik (psevo – grekcha aldamchi) rang. Bu oq nur to‘lqinlarining mineral yuzasida sochilishi, interferension nur to‘lqinlarining mineral yuzasida yoyilishi bilan bog‘liq bo‘lgan rangdir. Bu rang bizga suv ustida suzib yurgan kerosin, yog‘ va neftning har xil «kamalak» rangidek tovlanib turadigan rangini eslatadi. Bu shaffof moy yuzasining ostki (suvdan ajratib turadigan) va ustki (havo bilan cheklangan) yuzalaridan qaytgan yorug‘lik nurining interferensiyalanish qobiliyati bilan bog‘liqdir. Bunday aldamchi rangni labrador misolida yaqqol kuzatishimiz mumkin. Bu mineralning yuzasini ma’lum burchaklarga burib qaraganimizda har xil tovlanib turgan ranglarni kuzatamiz. Bu voqeani kovellin, bornit kabi minerallarda ham kuzatishimiz mumkin. Minerallarning rangini aniqlashda odatda biron bir jism yoki moddaning rangiga taqqoslab belgilanadi va quyidagi ma’lum bo‘lgan ranglardan foydalanib, ma’lum minerallar uchun xos o‘zgarmas bo‘lgan ranglardan foydalaniladi. Binafsha rang – ametist, ko‘k – azurit, yashil – malaxit, sariq – auripigment, sarg‘ish–qizil – krokoit, qizil – kinovar (kukuni), qo‘ng‘ir – limonitning g‘ovak xili, sarg‘ish qo‘ng‘ir – limonitning oxrasimon xili, qalaydek-oq - arsenopirit, qo‘rg‘oshindek-kulrang - molibdenit, po‘latdek-kulrang - aynama ruda, temirdek- qora - magnetit, havo rang - kovellin, misdek-qizil - sof tug‘ma mis, jezdek-sariq - xalkopirit, tilladek-sariq - oltin. Rangning taqsimlanishiga qarab minerallar butunlay bir xil, zonal, bir xil taqsimlanmagan (nuqtali, tolasimon, dog‘li va boshqalar) ranglarda bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari ayrim minerallarda rang mineralning ikki uchida ikki xil bo‘lishi ham mumkin. 64 Mineralning rangini aniqlaganda birlamchi rang (mineral hosil bo‘lgandagi rang) bilan ikkilamchi rangni (o‘zgargan, ayrim paytlarda nurash natijasida) ajrata bilish kerak. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling