Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
15.2-rasm. Metallsimon yaltirash (pirit)
Minerallarda yorug‘likning qaytish ko‘rsatikichiga o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi asosiy faktorlardan biri o‘sha nurni qaytaruvchi yuzadir. Biz jadvalda ko‘rib turgan yaltirash tekis, silliq yuzali minerallar uchun xosdir. Ammo minerallarning singan yuzalari, o‘ta silliq bo‘lmay, ayrim 68 minerallarda g‘adir-budur, o‘nqir-cho‘nqir bo‘ladi. Shu sababli shishadek, olmosdek va boshqa yaltirashlar xiraroq tus olib boshqacha yaltirashlar yuzaga keladi. Buning sababi qaytgan yorug‘lik birmuncha tarqalib, o‘z tartibini qisman yo‘qotadi. Buning natijasida yog‘liqsimon yoki yog‘langandek yaltirash yuzaga keladi. Bu voqeani nam havoda tosh tuzni yangi singan joyini yaltirashini vaqt o‘tishi bilan yupqa yog‘ qatlami o‘rab olgandek ko‘rinishga ega bo‘lishini ko‘rib kuzatishimiz mumkin. Agar mineral yuzasi bundan ham dag‘alroq yuzaga ega bo‘lsa mumdek yaltirash yuzaga keladi. Bu yashirin kristallangan massalar va och rangli gellar uchun xarakterlidir. Masalan: ko‘p uchratiladigan kremenlar, galluazit gruppasiga kiradigan minerallarning kolloid massalari va boshqa minerallar shu jumladandir. Mayin dispers massalarda, juda mayda g‘ovaklar bo‘lsa, u holda tushayotgan yorug‘likning hammasi har tomonga tarqalib ketadi. Mikroskopik g‘ovakchalar yorug‘likni to‘sib qoluvchi «parda» hisoblanadi. Minerallarning bunday yuzasi xira yuza deb aytiladi. Bunga bo‘r, kaolin, har xil oxralar, pirolyuzit, temir gidrooksidlarining mayda g‘ovakli massalari misol bo‘lishi mumkin. Tuzilish elementlari fazoda bir yoki ikki o‘lchovda muayyan tartibda joylashganligi aniq ko‘rinib turgan ba’zi minerallarda ularning tovlanishi deb ataladigan yaltiroqlik bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos hodisa kuzatiladi. Parallel tolalardan tuzilgan minerallar o‘ziga xos ipaksimon yaltirashga ega bo‘ladi. Masalan: xrizotil – asbest (15.3-rasm). Kristall strukturasi qat-qat tuzilgan va ulanish tekisligi yaqqol ko‘rinib turgan minerallar sadafsimon yaltiraydi. Masalan: muskovit, gips, talk. Minerallarning nurni sindirish ko‘rsatkichi bilan bog‘liq bo‘lgan yuqorida ko‘rsatilgan turli-tuman yaltirashlar, asosan minerallarning kimyoviy tarkibi va kristall strukturasi bilan bog‘liq ravishda kelib chiqadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling