Kristallografiya va mineralogiya


 Minerallarning ulanish tekisligi


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
15.6. Minerallarning ulanish tekisligi 
Kristallarning ma’lum tekisliklar va yo‘nalishlar bo‘yicha sinish qobiliyati 
ularning ulanish tekisligi deyiladi. Sinish natijasida odatda silliq tekis yuza hosil 
bo‘ladi. Kristallarning ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha sinishdan hosil bo‘lgan tekis 
yuza, ulanish tekisligi yuzasi deyiladi. Bu hosil bo‘lgan yuzalar odatda kristall 
tomonlariga parallel bo‘ladi. Ulanish tekisligi, bu faqat kristall moddalar uchun xos 
xususiyatdir. 
Ulanish tekisligining mukammalligi kristallarning fazoviy panjarasidagi 
qavatlar oralig‘ining bir-biri bilan qay darajada tortilib turishi bilan bog‘liqdir. 
Fazoviy panjaradagi qavatlarning bir-biri bilan tortishish kuchi qavatlar 
orasidagi masofaning katta-kichikligi bilan va kristallarni tashkil qilgan 
zarrachalarning kimyoviy bog‘lanishlarning qay turi bilan bog‘langanligi bilan 
bog‘liqdir. 
Minerallarni aniqlashda eng muhim diagnostik belgilardan biri bo‘lgan 
ulanish tekisligi qay darajada namoyon bo‘lishiga qarab quyidagicha bo‘linadi. 
1. Ulanish tekisligi o‘ta mukammal minerallar. Kristallar yupqa 
varaqchalarga ajralib tekis yuza hosil qilib sinish qobiliyatiga ega. Bu guruhga 
kirgan minerallarni ulanish tekisligidan boshqacha yo‘nalish bo‘yicha sindirish 
juda qiyin. Masalan: slyudalar, talk, xlorit.
2. Ulanish tekisligi mukammal minerallar. Bu guruhga kiruvchi minerallarni 
bolg‘a bilan urib sindirganda, doimo ulanish tekisligi bo‘yicha ajralib, 
ko‘rinishidan haqiqiy kristallarni eslatuvchi yuzalar hosil qiladi. Bunda ulanish 


73 
tekisligi o‘ta mukammalga o‘xshash juda silliq bo‘lmay, juda katta mexanik kuch 
ta’sirida yuzaga keladi. Ulanish tekisligidan boshqa yo‘nalish bo‘yicha sindirish 
juda qiyin. Masalan: galit, galenit, kalsit. 
3. Ulanish tekisligi o‘rtacha minerallar. Bu guruhga kiruvchi minerallarni 
bolg‘a bilan urib sindirganda mineral bo‘laklarida ulanish tekisligi ham, tasodifiy 
yo‘nalishlar bo‘yicha notekis yuzalar ham aniq ko‘rinib turadi. Masalan: dala 
shpatlari, amfibollar. 
4. Ulanish tekisligi nomukammal minerallar. Ulanish tekisligi yaqqol 
ko‘rinib turmaydi, uni mineral parchasi sirtidan qidirib topishga to‘g‘ri keladi. 
Singan joylari odatda, notekis yuzalardan iborat bo‘ladi. Masalan: apatit, olivin. 
5. Ulanish tekisligi o‘ta nomukammal bo‘lgan minerallar yoki boshqacha 
qilib aytganda ulanish tekisligi yo‘q minerallar. Bu guruhga kiruvchi minerallarni 
bolg‘a bilan urib sindirganda har xil yo‘nalishlar bo‘yicha sinib, tekismas yuza 
hosil bo‘ladi. Masalan: kvars, korund, oltin, platina. 
Minerallardagi ulanish tekisligi bir, ikki va bir necha tekisliklar bo‘yicha 
bo‘lib, har xil tekisliklarda har xil usulda namoyon bo‘lishi mumkin. 
Masalan: galenit va galitda ulanish tekisligi kub bo‘yicha (100), slyudalarda 
pinakoid (001) bo‘yicha namoyon bo‘ladi. Dala shpatlarida esa uchinchi pinakoid 
bo‘yicha (001) mukammal bo‘lib, ikkinchi pinakoid bo‘yicha esa (010) 
nomukammal bo‘ladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling